Nauru

Nauru Respublikasi

Nauru bayrog'i
📍
Poytaxt
Yaren
👥
Aholi
11 680
🗺️
Maydoni
21 km²
💰
Valyuta
Avstraliya dollari (AUD)
Nauru bayrog'i
Nauru bayrog'i

Nauru haqida qisqacha

Nauru — Avstraliya va Okeaniyadagi davlat. Poytaxti — Yaren. Aholisi — 12 ming kishi (2012-yil). Maydoni — 21 km². Pul birligi — Avstraliya dollari (AUD). Rasmiy tili — nauru, ingliz tillari.

🧭 Geografik joylashuvi

Tinch okeanning janubi g‘arbiy qismidagi Nauru orolida joylashgan Okeaniya davlati hisoblanadi. Sohil bo‘ylab chegara uzunligi 30 km. Maijon orol oval shaklida bo‘lib, qumlik qirg‘oqlari bor. Orolning yuza qismi balandligi 65 m gacha bo‘lgan fosforitli ohaktosh yassitog‘liklardan iborat. Asosiy tabiiy resurslari - fosforitlar. Iqlimi - ekvatorial mussonli.

📖 Tarixi

Orol 1798-yili inglizlar tomonidan kashf etilgan bo‘lib, 1888-yili Germaniya tomonidan bosib olingan. 1914-yili Nauruni Avstraliya bosib oldi. 1920-yili esa Buyuk Britaniya orolni boshqarish huquqini beruvchi mandatni qo‘lga kiritdi. 1947-yili Nauru Avstraliya, Yangi Zelandiya va Buyuk Britaniya davlatlari tomonidan boshqariladigan BMT homiyligidagi hududga aylandi. 1968-yili mamlakat Buyuk Britaniya hamdo‘stligi tarkibida mustaqillikni qo‘lga kiritdi.

📈 Iqtisodiyoti

Mamlakat iqtisodiyotining asosini fosfatlar qazib olish va uni eksport qilish tashkil etadi. Bu mahsulotni chetga eksport qilish katta daromad keltirganligi bois aholining yashash darajasi yetarlicha yuqori. Qishloq xo‘jaligi taraqqiy etmagan. Mamlakat hamma oziq-ovqat mahsulotlarini, jumladan chuchuk suvni ham chetdan keltiradi. Asosiy savdo hamkorlari - Avstraliya, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya. Temiryo‘llari yo‘q. Avtomobil yo‘llari - 27 km. Porti-Nauru.

Nauru: ko'p so'raladigan savollar

Nauruning poytaxti qaysi shahar?

Nauruning poytaxti — Yaren.

Nauru qayerda joylashgan?

Nauru — Avstraliya va Okeaniyadagi davlat. Tinch okeanning janubi g‘arbiy qismidagi Nauru orolida joylashgan Okeaniya davlati hisoblanadi. Sohil bo‘ylab chegara uzunligi 30 km. Maijon orol oval shaklida bo‘lib, qumlik qirg‘oqlari bor.

Nauruda qancha aholi yashaydi?

Nauru aholisi — 11 680 kishi (2012-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 619 kishi.

Nauruning rasmiy tili qaysi?

Nauruning rasmiy tili — nauru, ingliz tillari.

Nauruning pul birligi qanday?

Nauruning pul birligi — Avstraliya dollari (AUD).

Nauru qachon mustaqil bo'lgan?

Nauru 1968-yil 31-yanvarda mustaqillikka erishgan.