Peru

Peru Respublikasi

Peru bayrog'i
📍
Poytaxt
Lima
👥
Aholi
34 350 244
🗺️
Maydoni
1 285 216 km²
💰
Valyuta
Yangi sol (PEN)
Peru bayrog'i
Peru bayrog'i

Peru haqida qisqacha

Peru — Janubiy Amerikadagi davlat. Poytaxti — Lima. Aholisi — 34,4 mln kishi (2015-yil). Maydoni — 1 285 216 km². Pul birligi — Yangi sol (PEN). Rasmiy tili — ispan va kechua tillari.

🧭 Geografik joylashuvi

Janubiy Amerika kontinentining g‘arbiy qismida joylashgan davlat. Shimolda Kolumbiya (2900 km) va Ekvador (1420 km), sharqda Braziliya (1506 km) va Boliviya (900 km), janubda Chili (160 km) davlatlari bilan chegaradosh. G‘arbda mamlakat qirg‘oqlari Tinch okeani bilan tutashgan. Chegaralarining umumiy uzunligi 6940 km, qirg‘oq bo‘ylab chegara uzunligi - 2414 km. Mamlakat hududi ravshan aks ettirilgan uch topografik hududdan tashkil topgan. Sharqiy qismi yaxshi o‘rganilmagan. Amazonka havzasida pastlik o‘rmonzorlari yastanib yotibdi. Peru markazida baland tog‘ tizmalaridan iborat And tog‘lari joylashgan bo‘lib, uning asosiy tog‘ zanjirlari: g‘arbiy Kordilyera, Markaziy Kordilyera va Sharqiy Kordilyeradir. Mamlakat va And tog‘larining eng yuqori nuqtasi - Oq Kordilyerada joylashgan Uaskaran (6768 km) tog‘i. Peru Andlarining janubida vulqonlar ham mavjud. Ulaming eng balandi - Misti (5822 km) vulqonidir. Eng yirik ko‘li qisman Peruga qarashli bo‘lgan Titikakadir. Mamlakatning asosiy daryosi Amazonka va uning Maranon, Putumaylo, Upayali irmoqlari. Peru boy yerosti qazilmalariga ega, ulardan: mis, tilla, kumush, neft, temir rudasi qazib olinadi; boshqa tabiiy resurslardan yog‘och, baliq ishlab chiqariladi va ovlanadi. Iqlimi - o‘ziga xos uch topografik hududga bo‘linadi (Kosta, Syerra, Selva). Kosta hududlari iqlimi nisbatan issiq va quruq. Syerra, And tog‘ tizmalaridan tashkil topganligi sababli bu yerda doimiy past harorat hukm suradi. Selva nam va yil davomida issiqlikning teng taqsimlanganligi bilan tavsiflanadi. Faunasi: Syerrada lamalar, Selva o‘rmonlarida maymunlar, yirtqichlardan yaguar va atselotlar mavjud. Bundan tashqari, ko‘pgina zaharli va bo‘g‘ma ilonlar mavjud bo‘lib, ular ichida dunyodagi eng yirik ilon - anakonda ham bor.

📖 Tarixi

Zamonaviy Peru hududi 1531-1536-yillarda Pisarro boshchiligidagi ispan konkistadorlari tomonidan bosib olingan inklar imperiyasi markazi edi. 1543-yilda Janubiy Amerikadagi barcha ispan mustamlakalarini o‘z ichiga olgan Peru vitse-qirolligi tashkil etildi. 1821-yilgi milliy-ozodlik harakatlari mustaqillik e’lon qilinishiga olib kelgan, biroq 1825-yilda mustaqil Boliviya davlati nomini olgan mamlakatning yuqori qismi ajralib chiqdi. Tinch okean urushlari (1879-1883) oqibatida Boliviya va Chiliga qarshi urushgan Peru o‘z hududining selitra konlari joylashgan qismini boy berdi. 1990-yilda Peru prezidenti etib saylangan, yapon oilasidan chiqqan A.Fukimori mamlakatga qat’iy iqtisod tizimini kiritib, 1992-yilda parlamentni tarqatib yubordi va Konstitutsiyaning amal qilishini to‘xtatdi. 1998-yilda Ekvador bilan chegara muammolari hal etildi.

📈 Iqtisodiyoti

Bank ishi, energetika va tog‘-kon sanoatida davlat ulushi yirik, biroq mamlakat iqtisodi ko‘proq bozor munosabatlariga moslashtirilib bormoqda. Asosiy sanoat tarmoqlari neft va neft mahsulotlari qazib olish qo‘rg‘oshin, rux, tozalangan kumush (Peru kumush qazib olish bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi), mis (asosiy eksport mahsulotlari) qazib olish, bundan tashqari avtomobilsozlik va kemasozlik sanoatlari rivojlangan. Asosiy savdo hamkorlari: AQSh, Yaponiya, Kolumbiya, Argentina. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 1801 km, avtomobil yo‘llari uzunligi - 69942 km, ichki suv yo‘llari 8800 km ga yaqin. Mamlakatning asosiy portlari - Kalyao, Talara, San-Nikolas, Chimbote.

Peru: ko'p so'raladigan savollar

Peruning poytaxti qaysi shahar?

Peruning poytaxti — Lima.

Peru qayerda joylashgan?

Peru — Janubiy Amerikadagi davlat. Janubiy Amerika kontinentining g‘arbiy qismida joylashgan davlat. Shimolda Kolumbiya (2900 km) va Ekvador (1420 km), sharqda Braziliya (1506 km) va Boliviya (900 km), janubda Chili (160 km) davlatlari bilan chegaradosh. G‘arbda mamlakat qirg‘oqlari Tinch okeani bilan tutashgan.

Peruda qancha aholi yashaydi?

Peru aholisi — 34 350 244 kishi (2015-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 24,2 kishi.

Peruning rasmiy tili qaysi?

Peruning rasmiy tili — ispan va kechua tillari.

Peruning pul birligi qanday?

Peruning pul birligi — Yangi sol (PEN).

Peru qachon mustaqil bo'lgan?

Peru 1821-yil 28-iyulda mustaqillikka erishgan.