Filippin

Filippin Respublikasi

Filippin bayrog'i
📍
Poytaxt
Manila
👥
Aholi
114 123 600
🗺️
Maydoni
300 000 km²
💰
Valyuta
Filippin pesosi (PHP)
Filippin bayrog'i
Filippin bayrog'i

Filippin haqida qisqacha

Filippin — Osiyodagi davlat. Poytaxti — Manila. Aholisi — 114,1 mln kishi (2016-yil). Maydoni — 300 000 km². Pul birligi — Filippin pesosi (PHP). Rasmiy tili — filippin tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Tinch okeanining g‘arbiy qismida, Malayya arxipelagining Filippin orollarida joylashgan davlat. Filippinga tegishli 7100 dan ortiq orollar bor. Eng yirik orollari - Luson, Mindanao, Samar, Panay, Palavan, Negros, Mindoro, Leyte. Mamlakat g‘arbda Janubiy Xitoy, sharqda Filippin, Janubda Sulavesi dengizlari bilan tutashgan. Shimolda Filippin orollarini Tayvan orolidan Bashi bo‘g‘ozi ajratib turadi. Sohil bo‘ylab chegara uzunligi - 36289 km. Eng yirik o‘n bir orol mamlakat hududining 92% ini tashkil etadi. Eng baland cho‘qqisi Mindanao orolidagi Apo tog‘idir (2954 m). Asosiy tabiiy boyliklari: yog‘och, neft, nikel, kobalt, kumush, oltin, mis. Mamlakat hududining 26% i haydaladigan yerlar, 40% i o‘rmon va to‘qaylardir. Iqlimi - tropik. Filippin hududining deyarli yarmini tropik o‘rmonlar tashkil etib, bu o‘rmonlarda palma, kauchuk daraxti, banyan, apitong, mayyapis, lauan, bambuk o‘sadi. Dengiz sathidan 1200 m balandlikda buta va yaylov o‘simliklari o‘sadi. Ohu, mangust, qobon, turli qushlar va sudraluvchilar hayvonot olamini tashkil etadi. Sohilbo‘yi suvlarida turli xil baliqlar va molluskalar uchraydi.

📖 Tarixi

V asrdan boshlab hozirgi Filippin hududida turli xalqlar va madaniyatlaming qorishgan sivilizatsiyasi shakllanadi. VII-XV asrlarda Filippin hind-malaya dengiz qirolliklariga qaram bo‘lgan. 1521 -yilda portugaliyalik Magellan tomonidan kashf etilgan. XVI asrning dastlabki choragida ispan mustamlakasiga aylanadi va shu davrdan shahzoda Filipp (kelajakda qirol Filipp II) sharafiga Filippin deb ataladi. Ispan-Amerika urushi davrida Filippin AQShga qaram bo‘ladi (1898). Filippin qo‘shinlari kurashga kirishib 1899-yilning yanvarida mamlakatni respublika deb e’lon qilishadi. Lekin amalda Filippin AQShga qaramligicha qolaveradi. 1942-yilda Filippin yapon qo‘shinlari tomonidan bosib olinadi. 1946-yilda rasman mustaqillik e’lon qilinsa ham, iqtisodiy va siyosiy jihatdan Filippin uzoq muddat AQSh ta’siri ostida qoladi. 1968-yildan 1972-yilgacha xristian va musulmonlar o‘rtasida fuqarolar urushi boiadi. 1965-yilda prezidentlikka saylangan Markos 1979-yilda harbiy davr qonunini qabul qiladi. 1986-yilda u hokimiyatni Korason Akinaga topshiradi. 1992-yilda Fidel Ramos prezident etib saylanadi.

📈 Iqtisodiyoti

Sanoatining eng rivojlangan tarmoqlari (YIM - 35%) elektronika, to‘qimachilik, kimyo, yog‘ochni qayta ishlash, oziq-ovqat, farmatsevtika. Qishloq xo‘jaligi (YIM - 30%) ham mamlakat iqtisodida muhim o‘rin egallaydi. Filippin kokos yong‘oqlari va kokos mahsulotlarini eksport qiluvchi yirik davlat hisoblanadi. Sholi, makkajo‘xori, shakarqamish, banan, ananas, mango yetishtiriladi. Chorvachilik rivojlangan. Asosiy savdo sheriklari: AQSh, Germaniya, Yaponiya, Gonkong, Buyuk Britaniya, Tayvan, Singapur. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 378 km, avtomobil yo‘llari - 156200 km, ichki suv yo‘llari - 3219 km. Asosiy portlari: Davao, Manila, Sebu.

Filippin: ko'p so'raladigan savollar

Filippinning poytaxti qaysi shahar?

Filippinning poytaxti — Manila.

Filippin qayerda joylashgan?

Filippin — Osiyodagi davlat. Tinch okeanining g‘arbiy qismida, Malayya arxipelagining Filippin orollarida joylashgan davlat. Filippinga tegishli 7100 dan ortiq orollar bor. Eng yirik orollari - Luson, Mindanao, Samar, Panay, Palavan, Negros, Mindoro, Leyte.

Filippinda qancha aholi yashaydi?

Filippin aholisi — 114 123 600 kishi (2016-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 336,3 kishi.

Filippinning rasmiy tili qaysi?

Filippinning rasmiy tili — filippin tili.

Filippinning pul birligi qanday?

Filippinning pul birligi — Filippin pesosi (PHP).

Filippin qachon mustaqil bo'lgan?

Filippin 1898-yil 12-iyun e’lon qilingan, 1946-yil 4-iyulda tan olinganda mustaqillikka erishgan.