Ruminiya
Ruminiya
Ruminiya haqida qisqacha
Ruminiya — Yevropadagi davlat. Poytaxti — Buxarest. Aholisi — 19 mln kishi (2014-yil). Maydoni — 238 391 km². Pul birligi — Yangi Ruminiya leyi (RON). Rasmiy tili — rumin tili.
🧭 Geografik joylashuvi
📖 Tarixi
Stefan Buyuk va Minoy Jasurlarning qahramonona qarshiligiga qaramasdan, Moldaviya va Valaxiya turklar tomonidan bosib olindi. XVI-XX asrlarda turk hukmronligi ostida qolib ketdi. XIX asr boshlarida Moldaviya va Valaxiya Rossiya yordami bilan avtonomiyani qo‘lga kiritdi, 1859-yilda esa Aleksandr Kuza boshqargan yagona Ruminiya davlatiga birlashtirildi. 1878-yilda Rossiya-Turkiya urushi davrida to‘la mustaqillikni qo‘lga kiritdi va 1881-yilda Avstro-Vengriya va hamda Germaniya bilan ittifoqchilik shartnomasini imzolagan Ruminiya qirollik deb e’lon qilindi. Biroq XX asr boshlariga kelib bu ittifoq zaiflashdi va Birinchi jahon urushi davrida Ruminiya qiroli Ferdinand Rossiya va uning ittifoqchilari tarafida turib jangovar harakatlarda ishtirok etdi. Urush tugagach, Ruminiya o‘z tarkibiga Transilvaniyani, Bukovina, Banata va Bessarabiyani qo‘shib olishga muvaffaq bo‘ldi. 1929-yilda parlament boshqaruvi Jema-Kodreanu boshchiligidagi «Temir gvardiya» profashistik tuzumi bilan almashindi, 1938-yilda mamlakatda Antonesku diktaturasi o‘rnatildi. 1939-yilda nemis qo‘shinlari Shimoliy Transilvaniyani bosib olgani bilan bir vaqtda SSSR Bessarabiyani qo‘shib oldi (anneksiya). Fashistik Germaniya tarafida urush domiga tortilgan Ruminiya, Stalingrad jangidan so‘ng qirol Mixay davlatining tashqi siyosiy yo‘nalishini o‘zgartirib ittifoqchilar tarafida jang qila boshladi. Shu vaqtning o‘zida Antonesku diktaturasi ag‘darildi va mamlakatda Milliy birdamlik hukumati tuzildi. Mamlakat ozod qilinganidan so‘ng SSSR ta’siri doirasiga tushib qoldi va 1947-yilda qirol Mixay taxtdan voz kechgach, Ruminiya respublika deb e’lon qilindi. Hokimiyat tepasiga 1965-yilda kelgan Chaushesku Sovet Ittifoqi va sotsialistik mamlakatlar siyosatidan farq qiladigan tashqi siyosat yurita boshladi va shu vaqtning o‘zida mamlakatda diktatorlik kommunistik tuzumini o‘rnatdi. Bu tuzum 1989-yilda armiya qo‘llab-quvvatlagan xalq qo‘zg‘oloni oqibatida ag‘darildi. 1989-yil 25-dekabrda «Milliy Qutqaruv Kengashi» Chaushesku va uning xotini Yelenani otib o‘ldirish haqida buyruq berdi. 1990-yilning may oyida erkin saylovlar o‘tkazilib, unda prezidentlik lavozimiga lliyesku saylandi.
Ruminiya bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatiya munosabatlari 1995-yilda o‘rnatilgan.
📈 Iqtisodiyoti
Ruminiya: ko'p so'raladigan savollar
Ruminiyaning poytaxti qaysi shahar?
Ruminiyaning poytaxti — Buxarest.
Ruminiya qayerda joylashgan?
Ruminiya — Yevropadagi davlat. Yevropa qit’asining janubi sharqida joylashgan davlat. Sharqda Moldova (450 km), shimolda Ukraina (1531 km), janubda Bolgariya (608 km), janubi g‘arbda Yugoslaviya (1476 km), g‘arbda Vengriya (443 km) davlatlari bilan chegaradosh.
Ruminiyada qancha aholi yashaydi?
Ruminiya aholisi — 19 036 031 kishi (2014-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 83,7 kishi.
Ruminiyaning rasmiy tili qaysi?
Ruminiyaning rasmiy tili — rumin tili.
Ruminiyaning pul birligi qanday?
Ruminiyaning pul birligi — Yangi Ruminiya leyi (RON).
Ruminiya qachon mustaqil bo'lgan?
Ruminiya 1877-yil 10-may e’lon qilingan, 1878-yil 13-iyulda tan olinganda mustaqillikka erishgan.