Solomon orollari

Solomon orollari

Solomon orollari bayrog'i
📍
Poytaxt
Xoniara
👥
Aholi
750 325
🗺️
Maydoni
28 400 km²
💰
Valyuta
Solomon orollari dollari (SBD)
Solomon orollari bayrog'i
Solomon orollari bayrog'i

Solomon orollari haqida qisqacha

Solomon orollari — Avstraliya va Okeaniyadagi davlat. Poytaxti — Xoniara. Aholisi — 750 ming kishi (2012-yil). Maydoni — 28 400 km². Pul birligi — Solomon orollari dollari (SBD). Rasmiy tili — ingliz tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Tinch okeanning janubiy qismida Solomon orollarida (Gvadalkanal, Nyu-Joqiya, Malayta, Santa-Izabel, Santa-Krus orollari va boshq.) joylashgan davlat. Ko‘pchilik orollarning relyefi tog‘li: Marjon atollarida tekisliklar bor. Asosiy tabiiy resurslari: baliq, yog‘och, oltin, qo‘rg‘oshin, sink, nikel, fosforitlar. Iqlimi - uzoq davomli namlik mavsumi va issiq. Orollarning katta qismi noyob daraxt turlari mavjud bo‘lgan o‘rmonlar bilan qoplangan. Nisbatan quruq yerlarda savannalar, qirg‘oq bo‘ylarida mangro o‘simliklari bor. Orollarning hayvonot dunyosi ancha kambag‘al: xaltalilar, ko‘rshapalaklar va kemiruvchilar uchraydi.

📖 Tarixi

Solomon orollari 1568-yili ispan dengizchisi Mendonya de Neyra tomonidan kashf qilingan. Orollarning shimoliy qismi 1885-yili Germaniya protektorati deb e’lon qilingan, janubiy qismi esa Buyuk Britaniya mulklariga qo‘shildi. 1899-yili Germaniya Buganvil va Buka orollaridan boshqa hamma orollarni Buyuk Britaniyaga berdi. Buning evaziga inglizlar Germaniyaning g‘arbiy Samoani bosib olish huquqini tan olishdi. 1914-yili Buganvil va Buka Avstraliya qo‘shinlari tomonidan bosib olindi va 1920-yili Avstraliya boshqaruvi ostiga o‘tdi. Ikkinchi jahon urushida orollarning bir qismi yapon qo‘shinlari tomonidan ishg‘ol qilindi, ikkinchi jahon urushidan keyin esa Solomon orollari yana Britaniya protektoratiga aylandi. 1978-yili Solomon orollarining mustaqilligi e’lon qilindi va Britan hamdo‘stligi davlatlari safiga kirdi.

📈 Iqtisodiyoti

Iqtisodiyotining asosini qishloq xo‘jaligi, baliqchilik va o‘rmonchilik (YIMning 70% i) tashkil etadi. Asosiy eksport qilinadigan mahsulotlari - baliq, yog‘och, kopra, palma yog‘i. Sanoat mahsulotlarining katta qismi va neft mahsulotlarini chetdan keltiradi. Asosiy savdo hamkorlari - Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Tailand. Temiryo‘llari yo‘q, avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi - 1300 Ion. Porti - Xoniara.

Solomon orollari: ko'p so'raladigan savollar

Solomon orollarining poytaxti qaysi shahar?

Solomon orollarining poytaxti — Xoniara.

Solomon orollari qayerda joylashgan?

Solomon orollari — Avstraliya va Okeaniyadagi davlat. Tinch okeanning janubiy qismida Solomon orollarida (Gvadalkanal, Nyu-Joqiya, Malayta, Santa-Izabel, Santa-Krus orollari va boshq.) joylashgan davlat. Ko‘pchilik orollarning relyefi tog‘li: Marjon atollarida tekisliklar bor.

Solomon orollarida qancha aholi yashaydi?

Solomon orollari aholisi — 750 325 kishi (2012-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 20,5 kishi.

Solomon orollarining rasmiy tili qaysi?

Solomon orollarining rasmiy tili — ingliz tili.

Solomon orollarining pul birligi qanday?

Solomon orollarining pul birligi — Solomon orollari dollari (SBD).

Solomon orollari qachon mustaqil bo'lgan?

Solomon orollari 1978-yil iyulda mustaqillikka erishgan.