Sudan

Sudan Respublikasi

Sudan bayrog'i
📍
Poytaxt
Xartum
👥
Aholi
51 662 000
🗺️
Maydoni
1 886 068 km²
💰
Valyuta
Sudan funti (SDG)
Sudan bayrog'i
Sudan bayrog'i

Sudan haqida qisqacha

Sudan — Afrikadagi davlat. Poytaxti — Xartum. Aholisi — 51,7 mln kishi (2015-yil). Maydoni — 1 886 068 km². Pul birligi — Sudan funti (SDG). Rasmiy tili — arab tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Afrika qit’asining shimoli sharqida joylashgan davlat. Sharqda Efiopiya va Eritreya (2221 km), g‘arbda Chad respublikasi (1360 km), Markaziy Afrika Respublikasi (1165 km) va Liviya (383 km), shimolda Misr (1273 km), janubda Kongo Demokratik Respublikasi (628 km), Uganda (435 km) va Keniya (232 km) bilan chegaradosh. Sharqda Sudan Qizil dengiz bilan tutashib ketgan. Chegarasining umumiy uzunligi - 7697 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi esa 853 km. Sudan Afrika davlatlari orasida hududi bo‘yicha eng yirigi hisoblanadi. Uni 3 ta fizik-geografik regionga bo‘lish mumkin: shimolda Liviya va Nubiya cho‘llari 30% hududini egallagan; markazida Kardofan va Darfur tekisliklari bor; janubini keng botqoqlar va changalzorlar egallagan. Mamlakatning eng yuqori nuqtasi - Kineti tog‘i (3187 m) bo‘lib, u Sudanning janubi sharqida joylashgan. Mamlakatning asosiy daryolari - Nil, Oq Nil, Moviy Nil. Asosiy foydali qazilmalari: neft, temir rudasi, sink, mis, xrom, volfram, kumush. Haydaladigan yerlar mamlakat hududining 5% ini, o‘tloq va yaylovlar 24% ini, o‘rmon va to‘qayzorlar 20% ini egallaydi. Iqlimi - issiq va quruq.

📖 Tarixi

М. a. III ming yillikda hozirgi Sudan hududida Nubiya sivilizatsiyasi shakllangan bo‘lib, qadimgi Misr tarixi bilan chambarchas bog‘liq. Nubiya shohligi Misr sivilizatsiyasi bilan munosabatlarini uzganidan so‘ng m. a. 350-yili Efiopiya shohi tomo­nidan bosib olindi. VI asrga kelib hozirgi Sudan hudu­dida bir nechta xristian davlatlari shakllandi. Biroq ular XV asrda qora tanli musulmonlar tomonidan bo‘ysundirilib, Sennar sultonligini tuzishdi, bu vaqtda mam­lakat g‘arbida Darfur sultonligi ham tuzilgan edi. XVIII asr oxirlarida ushbu musulmon davlatlarining zaiflashganligidan foydalanib 1820-yili Misr Sudanni bosib oldi. XIX asrning 60-yillarida Sudanda Misrning bosib olinishi bilan Buyuk Britaniyaning ta’siri kuchaya boshladi. 1951-yil oktabrida Misr qiroli Farrux Britaniya bilan kelishuvni buzib, o‘zini Sudanning qiroli deb e’lon qildi. 1956-yil Sudan mustaqillikka erishdi. Sudan mustaqillikka erishganidan so‘ng bir nechta davlat to‘ntarishlarini o‘z boshidan kechirdi. Ulardan biri 1971-yili sodir bo‘lib, uning natijasida general Nimeyra hokimiyat tepasiga keldi. Nimeyra tez-tez sodir bo‘lib turadigan qurg‘oqchilik va ochlik tufayli mamlakatni inqirozdan olib chiqa olmadi. Fuqarolar urushi 1985-yil Nimeyra hukumatining qulashiga olib keldi. 1986-yil esa mamlakatda demokratik saylovlar bo‘lib o‘tdi. Yangi tuzilgan hukumat ham 1989-yili general al-Bashir tomonidan ag‘darildi. Shundan so‘ng fuqarolar urushi yana butun mamlakatni qamrab oldi. XXI asr boshida Sudan hukumati ichki va tashqi siyosiy kuchlarni milliy totuvlikka da’vat etadi va Xartumda barcha siyosiy kuch vakillarining Umumiy kongressini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqadi.

📈 Iqtisodiyoti

Sudan iqtisodiyoti fuqarolar urushi, doimiy siyosiy beqarorlik va yuqori inflyatsiya tufayli chuqur inqirozni boshidan kechirmoqda. Iqtisodiyotda davlat sektori ustunlik qiladi. Xususiy sektorning asosini qishloq xo‘jaligi va savdo tashkil qiladi. Iqtisodiyotining asosiy sektori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi (YIMning 35% i)da ishga yaroqli aholining 80% i band (eksportning yarmidan ko‘prog‘i paxta). Ishlab chiqarish asosan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash bilan bogliq. Noqulay ob-havo sharoiti mamlakatning iqtisodiy ahvolini yanada og‘irlashtirmoqda. Hozirgi kunda Sudan aholi daromadining ko‘rsatkichlari bo‘yicha dunyoda oxirgi o‘rinlaridan birini egallaydi. Asosiy savdo hamkorlari - g‘arbiy Yevropa mamlakatlari, Saudiya Arabistoni, AQSh, Yaponiya, Sharqiy Yevropa mamlakatlari. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 5516 km, avtomobil yoilarining umumiy uzunligi - 20703 km, ichki suv yoilari - 5310 km. Mamlakatning asosiy porti - Port-Sudan.

Sudan: ko'p so'raladigan savollar

Sudanning poytaxti qaysi shahar?

Sudanning poytaxti — Xartum.

Sudan qayerda joylashgan?

Sudan — Afrikadagi davlat. Afrika qit’asining shimoli sharqida joylashgan davlat.

Sudanda qancha aholi yashaydi?

Sudan aholisi — 51 662 000 kishi (2015-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 20,4 kishi.

Sudanning rasmiy tili qaysi?

Sudanning rasmiy tili — arab tili.

Sudanning pul birligi qanday?

Sudanning pul birligi — Sudan funti (SDG).

Sudan qachon mustaqil bo'lgan?

Sudan 1956-yilda mustaqillikka erishgan.