Singapur

Singapur Respublikasi

Singapur bayrog'i
📍
Poytaxt
Singapur
👥
Aholi
6 110 200
🗺️
Maydoni
718 km²
💰
Valyuta
Singapur dollari (SGD)
Singapur bayrog'i
Singapur bayrog'i

Singapur haqida qisqacha

Singapur — Osiyodagi davlat. Poytaxti — Singapur. Aholisi — 6,1 mln kishi (2014-yil). Maydoni — 718 km². Pul birligi — Singapur dollari (SGD). Rasmiy tili — ingliz, xitoy, malay, tamil tillari.

🧭 Geografik joylashuvi

Mamlakat Singapur oroli va 50 dan ziyod kichik orollarda joylashgan Janubi sharqiy Osiyodagi davlat. Singapur oroli Malay yarimorolidan Joxor bo‘g‘ozi, Sumatra orolidan Singapur bo‘g‘ozi bilan ajratilib turadi. Qirg‘oq bo‘ylab chegara uzunligi - 193 km. Mamlakat landshafti - pasttekisliklar. Markazda tepaliklar joylashgan. Asosiy milliy boyligi - baliq. Iqlimi mussonli, ekvatorial. O‘simliklar asosan tropik o‘rmonlar qoldiqlaridan iborat, qirg‘oq bo‘ylarida mango changalzorlari bor. Orollarda paporotniklar va bambuklarning juda ko‘p xillari mavjud, orxideyalaming ko‘pligi hayratga soladi. Singapur faunasi, eng avvalo, qushlarning xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Sutemizuvchilardan maymunlar va noyob jonzotlar - lemurlar yashaydilar.

📖 Tarixi

XIV asrgacha bugungi Singapur hududlari Shri-Vidjaya imperiyasi tarkibiga kirgan. Undan so‘ng Majapa Xit podsholigi tomonidan bosib olingan. XIV asrda bu yerlarning Malakka sultonligi o‘z mulkiga aylantirgan. 1819-yil ingliz Tomas Reflz bu hududlarni sulton Johordan sotib olib Singapur shahriga asos solgan. Shundan so‘ng Singapur Britaniya mustamlakachilik siyosatining asosiy tayanch nuqtalaridan biriga aylandi. II jahon urushi yillarida mamlakat yapon bosqinchilari tomonidan bosib olindi. Urushdan so‘ng Singapur Britaniya mustamlakasi bo‘lib qolaverdi. 1959-yil muxtoriyat huquqini oldi. 1965-yil avgustida Singapur o‘zini mustaqil respublika deb e’lon qildi.

📈 Iqtisodiyoti

Singapurda sanoat, ayniqsa elektronika va kemasozlik sohalari yaxshi rivojlangan. Singapur - jahonning eng yirik savdo portlaridan biridir. Qishloq xo‘jaligida asosan kauchuk yetishtiriladi. Kauchuk Singapurning asosiy eksport mahsuloti hisoblanadi. Asosiy savdo hamkorlari: AQSh, Malayziya, Yaponiya, Gonkong. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 38 km. Avtomobil yo‘llari uzunligi - 2597 km.

Singapur: ko'p so'raladigan savollar

Singapurning poytaxti qaysi shahar?

Singapurning poytaxti — Singapur.

Singapur qayerda joylashgan?

Singapur — Osiyodagi davlat. Mamlakat Singapur oroli va 50 dan ziyod kichik orollarda joylashgan Janubi sharqiy Osiyodagi davlat. Singapur oroli Malay yarimorolidan Joxor bo‘g‘ozi, Sumatra orolidan Singapur bo‘g‘ozi bilan ajratilib turadi. Qirg‘oq bo‘ylab chegara uzunligi - 193 km.

Singapurda qancha aholi yashaydi?

Singapur aholisi — 6 110 200 kishi (2014-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 7618 kishi.

Singapurning rasmiy tili qaysi?

Singapurning rasmiy tili — ingliz, xitoy, malay, tamil tillari.

Singapurning pul birligi qanday?

Singapurning pul birligi — Singapur dollari (SGD).

Singapur qachon mustaqil bo'lgan?

Singapur 1965-yil 9-avgustda mustaqillikka erishgan.