Muqaddas Yelena orollari

Muqaddas Yelena oroli

Muqaddas Yelena orollari bayrog'i
📍
Poytaxt
Jeymstaun
👥
Aholi
5 651
🗺️
Maydoni
400 km²
💰
Valyuta
Muqaddas Yelena orollari funti (SHP)
Muqaddas Yelena orollari bayrog'i
Muqaddas Yelena orollari bayrog'i

Muqaddas Yelena orollari haqida qisqacha

Muqaddas Yelena orollari — Afrikadagi davlat. Poytaxti — Jeymstaun. Aholisi — 5 651 kishi (2012-yil). Maydoni — 400 km². Pul birligi — Muqaddas Yelena orollari funti (SHP). Rasmiy tili — ingliz tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Muqaddas Yelena oroli, shuningdek, Vozneseniye, Tristan-da-Kunya orollari va odam yashamaydigan 5 ta orol Atlantika okeanining janubiy qismida joylashgan. Muqaddas Yelena oroli vulqonlar natijasida paydo bo‘lgan. Uning janubiy qismida balandligi 858 metrgacha bo‘lgan so‘ngan vulqon krateri bor. Iqlimi - passatli va tropik. Muqaddas Yelena orolining katta qismini maysazor va changalzorlar egallagan. Oq qarag‘ay, evkalipt va sarv daraxtlari o‘sadi. Vozneseniye oroli o‘tsimon o‘simliklar bilan qoplangan.

📖 Tarixi

Orol 1502-yil 21-mayda portugallar tomonidan Muqaddas Yelena kuni kashf etilgan.
Tristan-da-Kunya oroli 1506-yil portugaliyalik dengizchi Tristan-da-Kunya tomonidan kashf
etilgan. Orollarga egalik huquqini qo‘lga kiritish uchun bo‘lgan qizg‘in kurashlarda Angliya
Gollandiya ustidan g‘alaba qozondi va 1659-yilda Muqaddas Yelena oroliga harbiy bazasini joylashtirdi. 1815-yil Muqaddas Yelena oroli Napoleon Bonapanning (1821-yil shu orolda vafot etgan) surgun joyiga aylandi. Suvaysh kanalining ochilishi orollarning strategik ahamiyatini pasaytirdi. 1942-yil Vozneseniye oroliga AQSHning harbiy-havo bazasi joylashtirildi. Bu yerda 1954-yilda AQSHning Florida yarimorolidan uchiriladigan fazoviy raketa texnikalari uchun kuzatuv stansiyasi joylashtirildi. 1966-yilda Vozneseniye orolida ingliz radiostansiyasi faoliyat ko‘rsata boshladi. Folklend mojarosi davrida 1982-yil Vozneseniye oroli Argentinaga qarshi urushda ingliz qurolli kuchlarining asosiy bazasi bo‘ldi.

📈 Iqtisodiyoti

Kartoshka, sabzavotlar, olma, olxo‘ri, g‘alla mahsulotlari, zig‘ir yetishtiriladi. Baliqchilik va dengiz ovchiligi, chorvachilik rivojlangan. Eksporti: zig‘ir, importi: sanoat mahsulotlari, yoqilg‘i. 2006-yil YIM miqdori 18 mln dollarni (aholi jon boshiga - 2384 doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Buyuk Britaniya, JAR. Asosiy porti - Jeymstaun.

Muqaddas Yelena orollari: ko'p so'raladigan savollar

Muqaddas Yelena orollarining poytaxti qaysi shahar?

Muqaddas Yelena orollarining poytaxti — Jeymstaun.

Muqaddas Yelena orollari qayerda joylashgan?

Muqaddas Yelena orollari — Afrikadagi davlat. Muqaddas Yelena oroli, shuningdek, Vozneseniye, Tristan-da-Kunya orollari va odam yashamaydigan 5 ta orol Atlantika okeanining janubiy qismida joylashgan. Muqaddas Yelena oroli vulqonlar natijasida paydo bo‘lgan.

Muqaddas Yelena orollarida qancha aholi yashaydi?

Muqaddas Yelena orollari aholisi — 5 651 kishi (2012-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 17,5 kishi.

Muqaddas Yelena orollarining rasmiy tili qaysi?

Muqaddas Yelena orollarining rasmiy tili — ingliz tili.

Muqaddas Yelena orollarining pul birligi qanday?

Muqaddas Yelena orollarining pul birligi — Muqaddas Yelena orollari funti (SHP).

Muqaddas Yelena orollari qachon mustaqil bo'lgan?

Muqaddas Yelena orollari Buyuk Britaniyaga qaram hududda mustaqillikka erishgan.