Serra-Leone

Serra-Leone Respublikasi

Serra-Leone bayrog'i
📍
Poytaxt
Fritaun
👥
Aholi
9 077 691
🗺️
Maydoni
71 740 km²
💰
Valyuta
Leone (SLL)
Serra-Leone bayrog'i
Serra-Leone bayrog'i

Serra-Leone haqida qisqacha

Serra-Leone — Afrikadagi davlat. Poytaxti — Fritaun. Aholisi — 9,1 mln kishi (2015-yil). Maydoni — 71 740 km². Pul birligi — Leone (SLL). Rasmiy tili — ingliz tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Afrika qit’asining g‘arbiy qismida joylashgan davlat. Shimolda va sharqda Gvineya (652 km), janubi sharqda Liberiya (306 km) bilan chegaradosh. G‘arbda va janubi g‘arbda mamlakat Atlantika okeani bilan tutashib ketgan. Chegarasining umumiy uzunligi - 958 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi esa - 402 km. Mamlakat hududining katta qismi Leon-Liberiya tepaligida joylashgan. G‘arbida va janubida qirg‘oqbo‘yi mangro botqoqliklari bor. Tabiiy resurslaridan nisbatan muhimlari - olmos, boksitlar, titan rudasi, temir rudasi, oltin. Ishlov beriladigan yerlar umumiy hududining 25% ini, o‘tloq va yaylovlar 31% ini, o‘rmon va to‘qayzorlar 29% ini egallaydi. Iqlimi - ekvatorial nam. Syerra-Leone hududlarining taxminan yarmini savannalar, sharqida tog‘lar va janubida ekvatorial o‘rmonlari bor. O‘rmonlarda juda ko‘p maymunlar (shimpanze, babuinlar, makakalar), qoplon, giyena, antilopa, zebralar bor, kichik begemotlar saqlanib qolgan. Shuningdek, noyob dengiz hayvoni - lamantin ham uchraydi.

📖 Tarixi

1460-yili portugallar tomonidan ochilgan hozirgi Syerra-Leone hududlari uzoq vaqt davomida g‘arbiy Afrikaning qul savdosi markazlaridan biri bo‘lib keldi. 1787-yili Amerikada ozodlikka erishgan sobiq qullar Syerra-Leone qirg‘oqlarida inglizlar yordamida o‘z turar joylariga asos soldilar. 1808-yili Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylantirilgan bu mamlakat 1961-yili Britan hamdo‘stligi doirasida muxtoriyatga erishdi. 1971-yilgi davlat to‘ntarishi natijasida Syerra-Leone mustaqil davlat deb e’lon qilindi. 1992-yili navbatdagi davlat to‘ntarishi o‘tkazildi va hokimiyatga harbiylar kelishdi. Ular parlamentni tarqatib yuborishdi va siyosiy partiyalar faoliyatini taqiqlab qo‘yishdi.

📈 Iqtisodiyoti

Mamlakat iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi ilg‘or tarmoq hisoblanadi (YIMning 1/3 qismini tashkil qiladi). Asosiy eksport qiladigan mahsulotlari - qahva va kakao. YIMning 10% ini tashkil qiladigan sanoat (olmos, boksitlar, rutil) va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash bilan cheklangan. Asosiy savdo hamkorlari - AQSh, Buyuk Britaniya, Belgiya, Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Nigeriya. Avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi - 7400 km (shundan 1150 km. tosh yotqizilgan yo‘llar), ichki suv yo‘llari - 800 km. Asosiy portlari - Bonte, Pepel, Fritaun.

Serra-Leone: ko'p so'raladigan savollar

Serra-Leonening poytaxti qaysi shahar?

Serra-Leonening poytaxti — Fritaun.

Serra-Leone qayerda joylashgan?

Serra-Leone — Afrikadagi davlat. Afrika qit’asining g‘arbiy qismida joylashgan davlat. Shimolda va sharqda Gvineya (652 km), janubi sharqda Liberiya (306 km) bilan chegaradosh. G‘arbda va janubi g‘arbda mamlakat Atlantika okeani bilan tutashib ketgan.

Serra-Leoneda qancha aholi yashaydi?

Serra-Leone aholisi — 9 077 691 kishi (2015-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 88,1 kishi.

Serra-Leonening rasmiy tili qaysi?

Serra-Leonening rasmiy tili — ingliz tili.

Serra-Leonening pul birligi qanday?

Serra-Leonening pul birligi — Leone (SLL).

Serra-Leone qachon mustaqil bo'lgan?

Serra-Leone 1961-yil 27-aprelda mustaqillikka erishgan.