San-Marino

San-Marino Respublikasi

San-Marino bayrog'i
📍
Poytaxt
San-Marino
👥
Aholi
34 132
🗺️
Maydoni
612 km²
💰
Valyuta
Yevro (EUR)
San-Marino bayrog'i
San-Marino bayrog'i

San-Marino haqida qisqacha

San-Marino — Yevropadagi davlat. Poytaxti — San-Marino. Aholisi — 34 ming kishi (2013-yil). Maydoni — 612 km². Pul birligi — Yevro (EUR). Rasmiy tili — italyan tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Janubiy Yevropadagi davlat. Italiya hududida, Apennin yarimorolining shimoliy qismida joylashgan (chegarasining uzunligi - 39 km). Mamlakat tik qoyali tog‘arda joylashgan. Eng baland cho‘qqisi - Titanoning (738 m) yaqinida poytaxti San-Marino joylashgan. Iqlimi - subtropik. Mamlakat hududida bir nechta eman va kashtan daraxtzorlari saqlanib qolgan. Tog‘ etaklarida Makvis changalzorlari (drok, mirt, lavr, bodom) bor. Yoqimli hidli, efir moyli o‘simliklar ko‘p.

📖 Tarixi

Afsonalarga ko‘ra San-Marinoga 301-yilda tarki dunyo qilgan avliyo Marinus asos solgan. IX asrda hozirgi San-Marino hududi avtonom davlat bo‘ldi, XIII asrda esa mustaqil respublika deb e’lon qilindi. Uni Rim papasi Nikolay IV 1291-yili tan oldi. San-Marino Napoleon urushlari davrida ham o‘z mustaqilligini saqlab qoldi, uning mustaqilligi Vena Kongressi tomonidan 1815-yili ham tan olingan. 1862-yildan buyon mamlakat amalda Italiya protektorati ostida.

📈 Iqtisodiyoti

Turizm iqtisodining eng muhim sohalaridan biri (San-Marinoga har yili 2 milliondan ziyodroq sayohatchilar tashrif buyuradi). Bu ichki milliy daromadning 60% ini tashkil qiladi. Daromadlarining yana bir muhim manbayi - chet ellik kolleksionerlarga markalar sotish. Aholining turmush darajasini g‘arbiy Yevropa mamlakatlarining shu sohadagi ko‘rsatkichlariga qiyoslash mumkin. 2006-yil YIM miqdori 940 mln dollarni (aholi jon boshiga - 32417 doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkori - Italiya. Avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi - 104 km.

San-Marino: ko'p so'raladigan savollar

San-Marinoning poytaxti qaysi shahar?

San-Marinoning poytaxti — San-Marino.

San-Marino qayerda joylashgan?

San-Marino — Yevropadagi davlat. Janubiy Yevropadagi davlat. Italiya hududida, Apennin yarimorolining shimoliy qismida joylashgan (chegarasining uzunligi - 39 km). Mamlakat tik qoyali tog‘arda joylashgan. Eng baland cho‘qqisi - Titanoning (738 m) yaqinida poytaxti San-Marino joylashgan. Iqlimi - subtropik.

San-Marinoda qancha aholi yashaydi?

San-Marino aholisi — 34 132 kishi (2013-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 53,1 kishi.

San-Marinoning rasmiy tili qaysi?

San-Marinoning rasmiy tili — italyan tili.

San-Marinoning pul birligi qanday?

San-Marinoning pul birligi — Yevro (EUR).

San-Marino qachon mustaqil bo'lgan?

San-Marino 301-yilda tashkil topganda mustaqillikka erishgan.