San-Tome va Prinsipi

San-Tome va Prinsipi Demokratik Respublikasi

San-Tome va Prinsipi bayrog'i
📍
Poytaxt
San-Tome
👥
Aholi
209 607
🗺️
Maydoni
1 001 km²
💰
Valyuta
Dobra (STD)
San-Tome va Prinsipi bayrog'i
San-Tome va Prinsipi bayrog'i

San-Tome va Prinsipi haqida qisqacha

San-Tome va Prinsipi — Afrikadagi davlat. Poytaxti — San-Tome. Aholisi — 210 ming kishi (2012-yil). Maydoni — 1 001 km². Pul birligi — Dobra (STD). Rasmiy tili — portugal, fang tillari.

🧭 Geografik joylashuvi

Afrika qit’asi qirg‘oqlaridan uncha uzoq bo‘lmagan Gvineya qo‘ltig‘idagi vulqondan hosil bo‘lgan San-Tome, Prinsipi va bir qator mayda orollarda joylashgan davlat. Sohil bo‘ylab chegara uzunligi - 209 km. Mamlakatning relyefi tog‘li. Mamlakatning eng baland cho‘qqisi Piko de-Tome (2024 m) bo‘lib, u San-Tome orolida joylashgan. Asosiy tabiiy boyligi - baliq. Mamlakat hududining 75% ini o‘rmon va changalzorlar egallagan. Iqlimi - ekvatorial va tropik. Orollar quyuq ekvotorial o‘rmonlar bilan qoplangan, qirg‘oq bo‘ylarida qalin mangro changalzorlari bor. Mamlakatning hayvonot dunyosi unchalik boy emas: o‘rmonlarida maymunlar - gvereslar, drillar, makakalar ko‘p; qushlar ham ko‘p (kattakon bananxo‘rlar, nishli qushlar); xilma-xil kaltakesaklar, buqalamunlar, ilonlar mavjud. Dengiz faunasi boy: ko‘plab qisqichbaqasimonlar va chig‘anoqlilar bor.

📖 Tarixi

San-Tome va Prinsipi orollari 1471-yili portugaliyaliklar tomonidan kashf qilingan. Ular bu koloniyalarni jinoyatchilar surgun qilinadigan joyga aylantirganlar. 1951-yili Portugaliyaning dengizorti provinsiyasi (viloyat) maqomini olgan San-Tome va Prinsipi 1975-yili mustaqil davlat bo‘ldi.

📈 Iqtisodiyoti

Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotining eng muhim tarmog‘i hisoblanadi: kakao eksporti umumiy eksportning 85% ini tashkil qiladi. Boshqa eksport mahsulotlari: kokos yong‘og‘i, palma mevasi, kopra. Ayni paytda San-Tome oziq-ovqat mahsulotlarining 90% ini chetdan olib keladi. Baliqchilik rivojlangan. Turizmni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Asosiy savdo hamkorlari: Germaniya, Portugaliya, Gollandiya, Xitoy. Avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi - 300 km. Portlari - Santo-Antonio, San-Tome.

San-Tome va Prinsipi: ko'p so'raladigan savollar

San-Tome va Prinsipining poytaxti qaysi shahar?

San-Tome va Prinsipining poytaxti — San-Tome.

San-Tome va Prinsipi qayerda joylashgan?

San-Tome va Prinsipi — Afrikadagi davlat. Afrika qit’asi qirg‘oqlaridan uncha uzoq bo‘lmagan Gvineya qo‘ltig‘idagi vulqondan hosil bo‘lgan San-Tome, Prinsipi va bir qator mayda orollarda joylashgan davlat. Sohil bo‘ylab chegara uzunligi - 209 km. Mamlakatning relyefi tog‘li.

San-Tome va Prinsipida qancha aholi yashaydi?

San-Tome va Prinsipi aholisi — 209 607 kishi (2012-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 187,2 kishi.

San-Tome va Prinsipining rasmiy tili qaysi?

San-Tome va Prinsipining rasmiy tili — portugal, fang tillari.

San-Tome va Prinsipining pul birligi qanday?

San-Tome va Prinsipining pul birligi — Dobra (STD).

San-Tome va Prinsipi qachon mustaqil bo'lgan?

San-Tome va Prinsipi 1975-yil 12-iyulda mustaqillikka erishgan.