Salvador

Salvador Respublikasi

Salvador bayrog'i
📍
Poytaxt
San-Salvador
👥
Aholi
6 029 976
🗺️
Maydoni
21 044 km²
💰
Valyuta
Salvador koloni (SVC)
Salvador bayrog'i
Salvador bayrog'i

Salvador haqida qisqacha

Salvador — Shimoliy Amerikadagi davlat. Poytaxti — San-Salvador. Aholisi — 6 mln kishi (2014-yil). Maydoni — 21 044 km². Pul birligi — Salvador koloni (SVC). Rasmiy tili — ispan tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Markaziy Amerikadagi davlat. Sharq va shimol tomondan Gonduras (chegaraning uzunligi 342 km), g‘arb va shimoli g‘arbda Gvatemala bilan (203 km) chegaradosh. Mamlakat janubda Tinch okeani, janubi sharqda esa Foneska qo‘ltig‘i suvlari bilan tutashib ketgan. Chegaralarining umumiy uzunligi 545 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi - 307 km. Mamlakat hududi asosan vulqon etaklaridan iborat. Eng baland nuqtasi - Santa-Ana vulqoni (2381 m). Qirg‘oq bo‘ylab torgina qirg‘oqbo‘yi tekisligi cho‘zilgan. Uning eni 10-20 km dan oshmaydi. Mamlakatning asosiy daryosi - Lempa. Asosiy tabiiy boyliklari: neft va gidroenergetik resurslar. Ishlov beriladigan maydoni - 27%, yaylovlar 29% ni tashkil etadi. lqlimi - tropik. Mamlakatda siyrak past bo‘yli daraxtlar (chaparro, mimoza va b.) uchraydigan quruq savannalarga tez-tez duch kelish mumkin; Tinch okeani qirg‘oqlarida eman va qarag‘ayzor o‘rmonlar saqlanib qolgan, qirg‘oqqa yaqin yerlarda esa bambukzorlar mavjud. Salvadorda noyob balzamli (malhamli) daraxtlardan bir necha o‘n minglabi o‘sadi. Boshqa qimmatbaho turlardan ispan kordi, sariq daraxt, sapodilya, qizil daraxt ham uchraydi. Mamlakatning hayvonot olami ancha xilma-xil. Markaziy Amerika tapiri, chumolixo‘r, bo‘rsiq, dangasa, jayra va maymunlar ko‘p uchraydi, shuningdek, qoplon, puma, otselotlar ham bor, sudraluvchilardan esa bo‘g‘ma va zaharli ilonlarning boshqa turlari mavjud. Savannalarida kaltakesak, Meksika bug‘usi, kayot va xilma-xil mayda kemiruvchilar yashaydilar. Daryolarida timsohlar bor. Qushlarning bir necha yuz xillari (to‘tiqush, tukanlar, qarg‘alar, yowoyi g‘ozlar, kolibrlar va b.) hisobga olingan.

📖 Tarixi

Avval mayyalar, keyin atsteklar imperiyalarining kattagina qismi bo‘lgan hozirgi Salvador hududi ispanlar tomonidan 1523-yili kashf qilingan. Alvarado boshchiligidagi konkistadorlar mahalliy hindularning qariyb hammasini qirib tashladilar, 1528-yili esa San-Salvador va Sonsonate shaharlariga asos soldilar. Salvador to 1821-yilgacha Gvatemala mustamlakasining bir qismi bo‘lib, o‘sha yili Ispaniyadan mustaqillikka erishdi. 1823-yili Salvador Markaziy Amerika Birlashgan Hududlari tarkibiga kirdi, toia mustaqillikni esa 1841-yili qo‘lga kiritdi. Mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakat bir nechta harbiy diktaturalarni boshidan o‘tkazdi. Ulaming orasida Martines tuzumi (1933-1944) alohida o‘rin tutadi. 1969-yili Salvador bilan Gonduras o‘rtasida harbiy mojaro bo‘lib o‘tdi. 1979-yili mamlakatda hokimiyatni harbiy xunta egallab oldi. Xunta Farabundo Marti nomidagi Milliy ozodlik fronti isyonchilariga qarshi urush olib borishiga to‘g‘ri keldi. O‘n yildan ko‘proq davom etgan fuqarolar urushi 75000 kishining o‘limi, lagerlarga minglab qamalganlar, shuningdek, jiddiy iqtisodiy inqirozga sabab bo‘ldi. 1992-yili qarama-qarshi tomonlar o‘rtasida tinchlik shartnomasining imzolanishi mamlakatda demokratiyalashtirish yo‘lida ma’lum bir qadamlar qo‘yilishiga imkon yaratdi.

📈 Iqtisodiyoti

Iqtisodiyotining asosiy tarmog‘i - qishloq xo‘jaligi bo‘lib, u ichki milliy ishlab chiqarish (YIM)ning 25% i va eksportning 66% ga yaqinini ta’minlaydi (asosiy eksport mahsuloti - qahva, u umumiy eksport hajmining 45% ini tashkil qiladi). Boshqa qishloq xo‘jalik ekinlari - shakarqamish, sholi, boshoqli, donli va yog‘ olinadigan ekinlar. Oziq-ovqat sanoatidan (YIM - 18%) tashqari to‘qimachilik, neft va kimyo sanoati ham rivojlangan. Asosiy savdo hamkorlari: AQSh, Germaniya, Vengriya, Meksika. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 302 km, avtoyo‘llar - 10000 km (shundan 1500 km asfaltlangan). Mamlakatning asosiy portlari: Akaxutla, Kutuko, La-Unon.

Salvador: ko'p so'raladigan savollar

Salvadorning poytaxti qaysi shahar?

Salvadorning poytaxti — San-Salvador.

Salvador qayerda joylashgan?

Salvador — Shimoliy Amerikadagi davlat. Markaziy Amerikadagi davlat. Sharq va shimol tomondan Gonduras (chegaraning uzunligi 342 km), g‘arb va shimoli g‘arbda Gvatemala bilan (203 km) chegaradosh. Mamlakat janubda Tinch okeani, janubi sharqda esa Foneska qo‘ltig‘i suvlari bilan tutashib ketgan.

Salvadorda qancha aholi yashaydi?

Salvador aholisi — 6 029 976 kishi (2014-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 304,2 kishi.

Salvadorning rasmiy tili qaysi?

Salvadorning rasmiy tili — ispan tili.

Salvadorning pul birligi qanday?

Salvadorning pul birligi — Salvador koloni (SVC).

Salvador qachon mustaqil bo'lgan?

Salvador 1821-yil 15-sentabr, 1842-yil Markaziy Amerika federatsiyasidanda mustaqillikka erishgan.