Svazilend

Svazilend Qirolligi

Svazilend bayrog'i
📍
Poytaxt
Mbabane
👥
Aholi
1 235 549
🗺️
Maydoni
17 364 km²
💰
Valyuta
Lilangeni (SZL)
Svazilend bayrog'i
Svazilend bayrog'i

Svazilend haqida qisqacha

Svazilend — Afrikadagi davlat. Poytaxti — Mbabane. Aholisi — 1,2 mln kishi (2014-yil). Maydoni — 17 364 km². Pul birligi — Lilangeni (SZL). Rasmiy tili — ingliz va svazi tillari.

🧭 Geografik joylashuvi

Afrika qit’asining janubi sharqiy qismida joylashgan davlat. Janubda, janubi sharqda, g‘arbda va shimolda JAR (430 km), sharqda esa Mozambik (105 km) bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi - 535 km. Mamlakat g‘arbdan sharqqa tomon tepaliklari pasayib boruvchi Veld qirliklarida joylashgan. Eng baland cho‘qqisi - 1445 m. Svazilendda bir nechta pasttekisliklar bor. Asosiy daryolari - Usutu, Kamati, Umbeluzi. Asosiy tabiiy boyliklari: ko‘mir, yog‘och, gidroenergetik imkoniyatlari. O‘rmonlari, shuningdek, uncha katta bo‘lmagan oltin va olmos konlari bor. Hududining 11% i haydaladigan yerlar, 62% i esa yaylov va o‘tloqlar. Iqlimi - subtropik va tropik. Svazilendning o‘simlik dunyosi g‘arbda savanna, sharqda esa kserofit changalzorlari bilan xarakterlanadi. Florasi juda boy: 2400 ga yaqin o‘simlik turi mavjud - lishayniklar va paporotniklardan tortib magnoliya va fikuslargacha o‘sadi. Faqat aloening 25 turi, orxideyalaming 12 turi, nilufar gullarining 10 turi bor. Yirik sutemizuvchilardan «ko‘k» qo‘toslar uchraydi. Shuningdek, aylana shoxli antilopalar, zebralar, begemotlar ham bor. Daryolarida timsohlar ko‘p.

📖 Tarixi

Svazilend qirolligi hozirgi Svazilend hududida XVI asrda tashkil topgan. 1906-yili Britaniya protektorati bo‘lishidan avval 1902-yilda Transvaal boshqaruvida edi. 1969-yili Svazilend mustaqil davlat deb e’lon qilindi. 1973-yilda esa qirol Sobxuza II konstitutsiyani bekor qildi va barcha siyosiy partiyalar faoliyatini taqiqladi. Hozirgi kunda Svazilend demokratik o‘zgarishlar yo‘lidan bormoqda.

📈 Iqtisodiyoti

Iqtisodiyotining asosiy bo‘g‘ini - qishloq xo‘jaligi (YIMning chorakka yaqin qismi). Unda mehnatga yaroqli aholining asosiy qismi band. Asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlari - shakarqamish, makkajo‘xori, paxta, tamaki, sitrus mevalar. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash sanoatidan tashqari konchilik (ko‘mir va asbest), yog‘och sanoati rivojlangan. Asosiy savdo hamkorlari: JAR, Yaponiya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Kanada.

Svazilend: ko'p so'raladigan savollar

Svazilendning poytaxti qaysi shahar?

Svazilendning poytaxti — Mbabane.

Svazilend qayerda joylashgan?

Svazilend — Afrikadagi davlat. Afrika qit’asining janubi sharqiy qismida joylashgan davlat. Janubda, janubi sharqda, g‘arbda va shimolda JAR (430 km), sharqda esa Mozambik (105 km) bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi - 535 km.

Svazilendda qancha aholi yashaydi?

Svazilend aholisi — 1 235 549 kishi (2014-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 63,7 kishi.

Svazilendning rasmiy tili qaysi?

Svazilendning rasmiy tili — ingliz va svazi tillari.

Svazilendning pul birligi qanday?

Svazilendning pul birligi — Lilangeni (SZL).

Svazilend qachon mustaqil bo'lgan?

Svazilend 1968-yil 6-sentabrda mustaqillikka erishgan.