Tyorks va Kaykos

Tyorks va Kaykos

Tyorks va Kaykos bayrog'i
📍
Poytaxt
Kokbern-Taun
👥
Aholi
50 828
🗺️
Maydoni
616,3 km²
💰
Valyuta
AQSh dollari (USD)
Tyorks va Kaykos bayrog'i
Tyorks va Kaykos bayrog'i

Tyorks va Kaykos haqida qisqacha

Tyorks va Kaykos — Shimoliy Amerikadagi davlat. Poytaxti — Kokbern-Taun. Aholisi — 51 ming kishi (2012-yil). Maydoni — 616,3 km². Pul birligi — AQSh dollari (USD). Rasmiy tili — ingliz tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Atlantika okeanida Bagam orollari arxipelagining janubi sharqiy qismida. Shimoliy va Janubiy Amerika o‘rtasida joylashgan, 30 oroldan iborat (shulardan 8 tasida odam yashaydi), Orollar marjonli ohaktoshlar bilan qoplangan, qoyalar bilan o‘ralgan. Terks va Kaykos orollarini Terks-Aylend qo‘ltig‘i ajratib turadi. Iqlim - tropik, passatli. Orollarda mangozorlar, qarag‘ayli o‘rmonlar bor. To‘tiqush, kolibri va boshqa turdagi qushlar yashaydi, hasharotlar ko‘p.

📖 Tarixi

Orollar 1512-yilda ispanlar tomonidan kashf etilgan va bu yerda odam yashamagan. XVII asrda bu yerga Bermud orollaridan mustamlakachilar kelib joylasha boshlagan. 1766-yilda orollar Buyuk Britaniya tasarrufiga o‘tgan, lekin 1873-yildan 1962-yilgacha Yamayka tarkibida bo‘lgan. 1959-yilda ichki o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega bo‘ldi.

📈 Iqtisodiyoti

Qurilish materiallari ishlab chiqaradigan, baliq konserva mahsulotlar tayyortaydigan korxonalar bor. Makkajo‘xori, meva-sabzavotlar, agava yetishtiriladi. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Buyuk Britaniya, Yamayka. 2006-yil YIM miqdori 216 mln dollarni (aholi jon boshiga - 1038 doll.) tashkil etgan. Asosiy portlari: Kokbern-Taun, Providensyales, Sol-Key, Kokbern-Xarbor.

Tyorks va Kaykos: ko'p so'raladigan savollar

Tyorks va Kaykosning poytaxti qaysi shahar?

Tyorks va Kaykosning poytaxti — Kokbern-Taun.

Tyorks va Kaykos qayerda joylashgan?

Tyorks va Kaykos — Shimoliy Amerikadagi davlat. Atlantika okeanida Bagam orollari arxipelagining janubi sharqiy qismida. Shimoliy va Janubiy Amerika o‘rtasida joylashgan, 30 oroldan iborat (shulardan 8 tasida odam yashaydi), Orollar marjonli ohaktoshlar bilan qoplangan, qoyalar bilan o‘ralgan.

Tyorks va Kaykosda qancha aholi yashaydi?

Tyorks va Kaykos aholisi — 50 828 kishi (2012-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 51,1 kishi.

Tyorks va Kaykosning rasmiy tili qaysi?

Tyorks va Kaykosning rasmiy tili — ingliz tili.

Tyorks va Kaykosning pul birligi qanday?

Tyorks va Kaykosning pul birligi — AQSh dollari (USD).

Tyorks va Kaykos qachon mustaqil bo'lgan?

Tyorks va Kaykos Buyuk Britaniya dengizorti hududida mustaqillikka erishgan.