Chad

Chad Respublikasi

Chad bayrog'i
📍
Poytaxt
Njamena
👥
Aholi
19 340 757
🗺️
Maydoni
1 284 000 km²
💰
Valyuta
KFA franki (BEAC) (XAF)
Chad bayrog'i
Chad bayrog'i

Chad haqida qisqacha

Chad — Afrikadagi davlat. Poytaxti — Njamena. Aholisi — 19,3 mln kishi (2015-yil). Maydoni — 1 284 000 km². Pul birligi — KFA franki (BEAC) (XAF). Rasmiy tili — fransuz, arab tillari.

🧭 Geografik joylashuvi

Markaziy Afrikadagi davlat. Sharqda - Sudan (chegara uzunli­gi - 1360 km), janubda - Markaziy Afrika Res­publikasi (1197 km), g‘arbda - Niger (1175 km), Kamerun (1094 km) va Nigeriya (87 km), shimolda - Liviya (1055 km) davlatlari bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi - 5968 km. Katta suvsiz tekisliklar mamlakatning markaziy qismida joylashgan. Shimoldagi hududlar Sahroi Kabir doirasida. Shimoli g‘arbda mamlakatning eng baland nuqtasi - Emi Kusi (3415 m) bo‘lgan Tibesti tog‘lari mavjud. Janubda pasttekisliklar joylashgan. Eng katta ko‘li - Chad. Mavjud neft konlari ekspluatatsiya qilinmaydi, uran konlari bor. Hududining kattaligiga qaramay haydaladigan yerlar 2%, yaylov va o‘tloqlar 36%, o‘rmon va to‘qaylar 11% ni tashkil qiladi. Iqlimi - tropik cho‘l iqlimidir. Asosan cho‘l va savanna o‘simliklari o‘sadi. Daraxtlardan dum palmasi va boabab uchraydi. Fil, karkidon, yovvoyi ho‘kiz, jirafa, antilopa, arslon, qoplon, gepard, shoqol, giyena, begemot, timsoh, flamingo, saqoqush, maymunlardan pavian va kolobuslar hayvonot olamini tashkil etadi.

📖 Tarixi

IX asrning boshlarida hozirgi Chad hududida Kanem qirolligi tashkil topadi. XI asrda ushbu qirollik hukmdorlari islomni qabul qilishadi va o‘z hududla- rini kengaytirishadi. Chad ko‘lidan g‘arbda XIV asrda vujudga kelgan Borno qirolligi XVI asrda Kanemni o‘ziga bo‘ysundiradi. XIX asrning oxirida hozirgi Chad hududi Sudan imperatoriga qaram bo‘ladi, keyinroq esa Fransiya bu hududlarni bosib oladi va 1910-yilda Chadni Fransuz Ekvatorial Afrikasi tarkibidagi mustamlaka deb e’lon qiladi. 1958-yilda fransuz hamdo‘stligi doirasidagi muxtoriyatni qo‘lga kiritgan. Chad 1960-yilning avgustida mustaqillikka erishadi. 1968-yilgi Milliy ozodlik fronti va hukumat o‘rtasidagi to‘qnashuvlardan so‘ng mamlakatga fransuz qo‘shinlari kiritiladi. Fransuz qo‘shinlari Chadni 1975-yilda davlat to‘ntarishi natijasida hokimiyatga general Mallum kelganidan so‘ng tark etishadi. 1973-yildan 1989-yilgacha Chad Liviya bilan o‘zining shimoliy hududlari uchun urush olib boradi. 1979-yilda Milliy ozodlik fronti va hukumat o‘rtasida tinchlik shartnomasi tuziladi, lekin bu shartnoma tez orada buziladi va mamlakatda davlat to‘ntarishlari bo‘lib turgan (1982- va 1990-yy.), natijada fuqarolar urushi boshlanadi va hozirgi kunga qadar davom etib kelmoqda.

📈 Iqtisodiyoti

Chad Afrikaning fuqarolar urushi, Liviya bilan nizolar, tez-tez bo‘ladigan qurg‘oqchiliklar tufayli nochor ahvoldagi iqtisodga ega bo‘lgan kambag‘al davlatlardan biridir. Iqtisodining asosiy tarmog‘i - 80% mehnatga layoqatli aholi band bo‘lgan qishloq xo‘jaligi (YIMning 45% i)dir. Paxta umumiy eksport hajmining 48% ini tashkil etadi. Sorgo, yeryong‘oq, sholi, tariq, kartoshka, maniok ekiladi. Chorvachilik rivojlangan. Sanoat qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va to‘qimachilik bilan chegaralangan. Asosiy savdo hamkorlari - Fransiya, Nigeriya, Kamerun, AQSh. Temiryo‘llari yo‘q, avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi - 31322 km (asosan tuproq yo‘llar), ichki suv yo‘llari uzunligi - 2000 km.

Chad: ko'p so'raladigan savollar

Chadning poytaxti qaysi shahar?

Chadning poytaxti — Njamena.

Chad qayerda joylashgan?

Chad — Afrikadagi davlat. Markaziy Afrikadagi davlat. Sharqda - Sudan (chegara uzunli­gi - 1360 km), janubda - Markaziy Afrika Res­publikasi (1197 km), g‘arbda - Niger (1175 km), Kamerun (1094 km) va Nigeriya (87 km), shimolda - Liviya (1055 km) davlatlari bilan chegaradosh.

Chadda qancha aholi yashaydi?

Chad aholisi — 19 340 757 kishi (2015-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 10,6 kishi.

Chadning rasmiy tili qaysi?

Chadning rasmiy tili — fransuz, arab tillari.

Chadning pul birligi qanday?

Chadning pul birligi — KFA franki (BEAC) (XAF).

Chad qachon mustaqil bo'lgan?

Chad 1960-yil 11-avgustda mustaqillikka erishgan.