Togo

Togo Respublikasi

Togo bayrog'i
📍
Poytaxt
Lome
👥
Aholi
8 095 498
🗺️
Maydoni
56 785 km²
💰
Valyuta
KFA franki (BCEAO) (XOF)
Togo bayrog'i
Togo bayrog'i

Togo haqida qisqacha

Togo — Afrikadagi davlat. Poytaxti — Lome. Aholisi — 8,1 mln kishi (2015-yil). Maydoni — 56 785 km². Pul birligi — KFA franki (BCEAO) (XOF). Rasmiy tili — fransuz tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Afrikaning g‘arbida joylashgan davlat. G‘arbda Gana (chegaraning uzunligi - 877 km), sharqda Benin (644 km), shimolda Burkina-Faso (126 km) bilan chegaradosh. Janubda mamlakat sohillari Gvineya ko‘rfazining suvlari bilan yuviladi. Chegaraning umumiy uzunligi - 1647 km. Sohilining uzunligi - 56 km. Sohilbo‘ylari pasttekslikdan iborat. Mamlakat shimolida kichik tepaliklari mavjud savannalar joylashgan. Markaziy qism qir-adirlardan iborat. Janubda balandligi 986 metrgacha bo‘lgan yassitog‘liklar joylashgan. Asosiy daryo - Mono. Tabiiy boyliklari: fosforitlar, marmar. Haydaladigan yerlar hududning 25% ini, qolgan hududlarini o‘rmon va to‘qaylar tashkil etadi. Iqlimi - subekvatorial. Mamlakatning janubiy qismida kokos palmalari bilan baobablar o‘sadi. Markaziy va shimoliy qismlarda savanna o‘simliklari o‘sadi. Hayvonot olami qoplon, fil, begemot, arslon, antilopa, timsoh va maymunlardan iborat.

📖 Tarixi

Hozirgi Togoning sohilbo‘yi hududlari portugallar tomonidan XVI asrda kashf etiladi. XVIII asrda bu hudud g‘arbiy Afrika qui savdosining asosiy savdo markazlaridan biriga aylanadi. 1884-yilda Togo Germaniyaning protektorati deb e’lon qilinadi. Birinchi jahon urushi davrida Togo britan va fransuz qo‘shinlari tomonidan egallanadi. 1919-yildan Buyuk Britaniya va Fransiyaning hamkorligidagi boshqaruvi ostida qoladi. 1956-yilda Togoning Britaniya qismi Oltin Qirg‘oq (hozirgi Gana) tarkibiga kiradi, Fransiya Togosi esa muxtoriyatga erishadi. 1960-yilda Fransiya Togosi o‘z mustaqilligini e’lon qildi. Togo Respublikasida 1960-yildan keyin bir necha bor harbiy davlat to‘ntarishlari bo‘lib o‘tdi. 1991-yildan beri mamlakatda fuqarolik hukumati o‘rnatilgan.

📈 Iqtisodiyoti

Iqtisodning asosiy sektori - qishloq xo‘jaligi (YIM - 35%). Qishloq xo‘jaligida mehnatga layoqatli aholining 78% i band. Eksport umumiy hajmining taxminan uchdan bir qismi kakao, qahva, paxtaga to‘g‘ri keladi. Sanoatning asosiy tarmog‘i - fosforitlarni qazib olish (eksportning 40% i). Asosiy savdo hamkorlari: YI, Afrika davlatlari, AQSh, Yaponiya. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 515 km, avtomobil yo‘llari - 662 km. Porti - Lome.

Togo: ko'p so'raladigan savollar

Togoning poytaxti qaysi shahar?

Togoning poytaxti — Lome.

Togo qayerda joylashgan?

Togo — Afrikadagi davlat. Afrikaning g‘arbida joylashgan davlat. G‘arbda Gana (chegaraning uzunligi - 877 km), sharqda Benin (644 km), shimolda Burkina-Faso (126 km) bilan chegaradosh. Janubda mamlakat sohillari Gvineya ko‘rfazining suvlari bilan yuviladi. Chegaraning umumiy uzunligi - 1647 km.

Togoda qancha aholi yashaydi?

Togo aholisi — 8 095 498 kishi (2015-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 126,3 kishi.

Togoning rasmiy tili qaysi?

Togoning rasmiy tili — fransuz tili.

Togoning pul birligi qanday?

Togoning pul birligi — KFA franki (BCEAO) (XOF).

Togo qachon mustaqil bo'lgan?

Togo 1960-yil 27-aprelda mustaqillikka erishgan.