Tojikiston

Tojikiston Respublikasi

Tojikiston bayrog'i
📍
Poytaxt
Dushanbe
👥
Aholi
10 499 000
🗺️
Maydoni
143 100 km²
💰
Valyuta
Somoni (TJS)
Tojikiston bayrog'i
Tojikiston bayrog'i

Tojikiston haqida qisqacha

Tojikiston — Osiyodagi davlat. Poytaxti — Dushanbe. Aholisi — 10,5 mln kishi (2014-yil). Maydoni — 143 100 km². Pul birligi — Somoni (TJS). Rasmiy tili — tojik tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Markaziy Osiyoda joylashgan davlat. Janubda Afg‘oniston (chegaraning uzunligi - 1206 km), shimol va g‘arbda O‘zbekiston (1161 km), shimolda Qirg‘iziston (870 km), sharqda Xitoy (414 km) bilan chegaradosh. Chegaralarining umumiy uzunligi - 3651 km. Tojikiston hududining 90% dan oshig‘ini tog‘lar tashkil qilib, mamlakat hududining yarmidan oshig‘i dengiz sathidan 3000 m balandlikda joylashgan. Tojikistonning shimoli g‘arbiy va markaziy qismlarida Zarafshon, Turkiston, Hisor, Oltoy tog1 tizmalari, janubi sharqida Pomir tog‘ tizmasi joylashgan. Eng baland cho‘qqisi 7498 m. Tog‘ tizmalari bir-biridan vodiylar bilan ajralgan. Yirik vodiylari - Hisor va Vaxsh. Asosiy daryolari - Sirdaryo, Amudaryo. Yirik ko‘li - Qorako‘l. Asosiy tabiiy boyliklari: neft, gaz, ko‘mir, uran, gidroresurslarga boy. Iqlimi - kontinental. O‘simlik dunyosi boy. Yaylov va tog‘oldi o‘simliklari, archa, yong‘oq, olcha, jiyda ko‘plab o‘sadi. Shoqol, jayra, quyon, xongul, to‘ng‘iz, yovvoyi mushuk, qor barsi, arxar, yovvoyi parrandalar, kaltakesak, ilonlar (kapcha, gyurza, efa) faunasining asosini tashkil etadi.

📖 Tarixi

Hozirgi Tojikiston hududi m. a. VI asrda Ahamoniylar davlati tarkibiga, m. a. IV asrda esa makedoniyalik Iskandar imperiyasi tarkibiga kirgan. M. a. III asrdan Grek-Baqtriya, keyinroq Kushon davlatiga qaram bo‘lgan. VIII asrda hozirgi Tojikiston hududiga arablar bostirib kiradi. IX-X asrlarda bu hududlar Samoniylar davlati, XII asrda Xorazmshohlar davlati, XIII asrda Mo‘g‘ullar davlati, XIV asrning ikkinchi yarmida Temur va temuriylar davlatiga qaram bo‘lgan. XVI asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha Buxoro xonligi (amirligi) tarkibiga kirgan. 1868-yili Rossiya imperiyasi hozirgi Tojikiston hududlarini bosib oladi. 1917-yilgi davlat to‘ntarishidan so‘ng Tojikiston hududida sovet hokimiyati o‘matiladi. 1924-yildan Tojikiston ASSR O‘zbekiston SSR tarkibiga kiradi. 1929-yildan Tojikiston SSR maqomini oladi. 1991-yili mustaqillikka erishgandan so‘ng, Tojikiston demokratik jamiyat qurish yo‘lidan bormoqda.

📈 Iqtisodiyoti

Tojikiston - agrar-industrial davlat. Fuqarolar urushi natijasida Tojikiston iqtisodi chuqur inqirozni boshidan kechirmoqda. Hukumat bozor munosabatlariga o‘tishni qoilayapti. Lekin mamlakat iqtisodida davlat ulushi hanuzgacha asosiydir. Kimyo, yengil sanoat, rangli metallurgiya, mashinasozlik, oziq-ovqat sanoatlari yaxshi rivojlangan. Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i paxtachilikdir (paxta tolasi asosiy eksport mahsulotidir). Paxtachilikdan tashqari ipakchilik, bog‘dorchilik, sabzavotlar va uzum yetishtirish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Asosiy savdo sheriklari: Rossiya, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 480 km, avtomobil yo‘llari - 29900 km.

Tojikiston: ko'p so'raladigan savollar

Tojikistonning poytaxti qaysi shahar?

Tojikistonning poytaxti — Dushanbe.

Tojikiston qayerda joylashgan?

Tojikiston — Osiyodagi davlat. Markaziy Osiyoda joylashgan davlat. Janubda Afg‘oniston (chegaraning uzunligi - 1206 km), shimol va g‘arbda O‘zbekiston (1161 km), shimolda Qirg‘iziston (870 km), sharqda Xitoy (414 km) bilan chegaradosh. Chegaralarining umumiy uzunligi - 3651 km.

Tojikistonda qancha aholi yashaydi?

Tojikiston aholisi — 10 499 000 kishi (2014-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 57 kishi.

Tojikistonning rasmiy tili qaysi?

Tojikistonning rasmiy tili — tojik tili.

Tojikistonning pul birligi qanday?

Tojikistonning pul birligi — Somoni (TJS).

Tojikiston qachon mustaqil bo'lgan?

Tojikiston 1991-yil 9-sentabrda mustaqillikka erishgan.