Tarixi
М. a. XII asrdayoq Tunis sohillarida dastlabki Finikiya koloniyalari, eng mashhuri Karfagen vujudga keladi. Mamlakatning markaziy qismlarida esa barbar qabilalari yashagan. М. a. VI asrda Karfagen imperiyasi o‘z qudratining cho‘qqisiga ko‘tariladi. M. a. 146-yilda Karfagen qadimgi Rim bilan kurashda qulaydi. Qadimgi Rim bu hududga lotin tili va Rim madaniyatini, III asrda esa xristianlikni olib kiradi. V asrda vandallar tomonidan egallanib talon-taroj qilingan hozirgi Tunis hududi 633-yilda Vizantiya imperiyasi tarkibiga kiradi. 647-yildan Tunisga arablar bostirib kiradi va o‘z hokimiyatini o‘matadi. IX-XII asrlarda Tunisda abbosiylar va fotimiylarning sharqiy sulolalari hukmronlik qiladi. 1159- 1160-yillarda Abdulmo‘min Shimoliy Afrikaning g‘arbiy qismidagi musulmonlami o‘ziga bo‘ysundiradi va barbarlarning almuxiylar sulolasiga asos soladi. 1574-yilda Tunis hududi turklar tomonidan egallanib, XIX asrning oxirlariga qadar Usmoniylar imperiyasi tarkibiga kiradi. 1830-yilda Yevropa davlatlari bu hududga intervensiya uyushtirishadi. XIX asrning oxirida Tunis Fransiyaga qaram bo‘ladi. Lekin bey rasman davlat boshlig‘i hisoblangan. 1925-yilda Dastur partiyasining tuzilishidan boshlangan ozodlik kurashi natijasida Tunis 1956-yilning mart oyida mustaqillikka erishadi. 1957-yilning 25-iyulida Habib Burg‘iba beyni hokimiyatdan chetlashtirib, Tunisni respublika deb e’lon qiladi. 1958-1963-yillarda fransuz qo‘shinlari Tunis hududida xarbiy harakatlarni amalga oshirgan. XX asrning 70-yillarida neft zaxiralari hisobiga mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi jadallashdi. XXI asr bo‘sag‘asida Tunisda islom fundamentalistlariga qarshi jiddiy kurash olib borildi.
Iqtisodiyoti
Tabiiy boyliklarga boy emasligiga qaramasdan, Tunis Afrikaning taraqqiy etgan davlatlari qatoriga kiradi. Haydaladigan yerlar hududining 20% ni, o‘tloq va yaylovlar 19% nii tashkil etadi. Sanoatning eng rivojlangan tarmoqlari: tog‘-kon (fosforitlar), to‘qimachilik, oziq-ovqat. Qishloq xo‘jaligi (YIM-16%) mamlakatni 80% ga oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaydi. Qishloq xo‘jaligida bug‘doy, arpa yetishtirish va zaytun moyini ishlab chiqarish muhim o‘rin egallaydi. Jadal rivojlanayotgan turizm iqtisodining asosiy tarmoqlaridan biriga aylanmoqda. Asosiy savdo sheriklari: YI davlatlari, Yaqin Sharq davlatlari, AQSh, Jazoir. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 2115 km, avtomobil yo‘llari - 33000 km. Portlari: Bizerta, Sus, Tunis.