Trinidad va Tobago

Trinidad va Tobago Respublikasi

Trinidad va Tobago bayrog'i
📍
Poytaxt
Port-of-Speyn
👥
Aholi
1 367 764
🗺️
Maydoni
5 131 km²
💰
Valyuta
Trinidad va Tobago dollari (TTD)
Trinidad va Tobago bayrog'i
Trinidad va Tobago bayrog'i

Trinidad va Tobago haqida qisqacha

Trinidad va Tobago — Shimoliy Amerikadagi davlat. Poytaxti — Port-of-Speyn. Aholisi — 1,4 mln kishi (2013-yil). Maydoni — 5 131 km². Pul birligi — Trinidad va Tobago dollari (TTD). Rasmiy tili — ingliz tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Karib dengizi havzasida, Trinidad, Tobago va bir qator mayda orollarda joylashgan davlat. Sohilining uzunligi - 362 km. Mamlakat hududining asosini kam sonli qir va past tog‘lardan iborat tekisliklar tashkil etadi. Asosiy tabiiy boyliklari: neft va tabiiy gaz. Haydaladigan yerlar mamlakat hududining 14% ini, o‘rmon va to‘qaylar 44% ini tashkil etadi. Iqlimi - subekvatorial. Trinidadning sharqiy qismida tropik o‘rmonlar bo‘lib, bu o‘rmonlarda ispan kedri, maxogoni, qizil sandal, balsa kabi daraxtlar o‘sadi. Butalardan bugenvill, puyya, yovvoyi poynsettiya keng tarqalgan. Pekari, otselot, opossum, agupi, maymunlar, ko‘rshapalaklar orolning hayvonot dunyosini tashkil eta­di. Toshbaqa, kaltakesak, ilonlar ko‘p. Timsohlar uchraydi. Orolda kolibrining 40 dan ortiq turi bor.

📖 Tarixi

Trinidad oroli 1498-yilda Kolumb tomonidan kashf etiladi. Orol 1552-yilda Ispaniya, 1797-yilda Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylanadi. Tobago oroli gollandlar tomonidan 1632-yilda mustamlakaga aylantiriladi. Keyinchalik orolga egalik qilish huquqi fransuzlarga o‘tadi. 1814-yilda Napoleon mag‘lubiyatga uchragach, orol Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylanadi. 1888-yilda ikki orolning boshqaruvi birlashtiriladi. 1950-yilda Trinidad va Tobago o‘zini o‘zi boshqaruv huquqiga ega bo‘ladi. 1962-yilda Trinidad va Tobago Britaniya hamdo‘stligi tarkibidagi mustaqil davlatga aylanadi. 1976-yilda Trinidad va Tobagoda respublika tuzumi o‘rnatildi.

📈 Iqtisodiyoti

Trinidad va Tobagoning iqtisodi asosini neft qazib chiqarish (YIMning choragini, umumiy eksport hajmining 80% ini tashkil etadi. Qishloq xo‘jaligining (YIM - 5%) asosiy ekinlari: kakao donlari, qahva, shakarqamish, sitruslar. Asosiy savdo sheriklari: AQSh, Venesuela, Karib havzasi davlatlari, YI davlatlari. Avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi - 8000 km (4000 km asfaltlangan). Mamlakatning asosiy porti - Port-of-Speyn.

Trinidad va Tobago: ko'p so'raladigan savollar

Trinidad va Tobagoning poytaxti qaysi shahar?

Trinidad va Tobagoning poytaxti — Port-of-Speyn.

Trinidad va Tobago qayerda joylashgan?

Trinidad va Tobago — Shimoliy Amerikadagi davlat. Karib dengizi havzasida, Trinidad, Tobago va bir qator mayda orollarda joylashgan davlat. Sohilining uzunligi - 362 km. Mamlakat hududining asosini kam sonli qir va past tog‘lardan iborat tekisliklar tashkil etadi. Asosiy tabiiy boyliklari: neft va tabiiy gaz.

Trinidad va Tobagoda qancha aholi yashaydi?

Trinidad va Tobago aholisi — 1 367 764 kishi (2013-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 258,8 kishi.

Trinidad va Tobagoning rasmiy tili qaysi?

Trinidad va Tobagoning rasmiy tili — ingliz tili.

Trinidad va Tobagoning pul birligi qanday?

Trinidad va Tobagoning pul birligi — Trinidad va Tobago dollari (TTD).

Trinidad va Tobago qachon mustaqil bo'lgan?

Trinidad va Tobago 1962-yil 31-avgustda mustaqillikka erishgan.