Tayvan

Tayvan

Tayvan bayrog'i
📍
Poytaxt
Taybey
👥
Aholi
23 317 031
🗺️
Maydoni
36 193 km²
💰
Valyuta
Yangi Tayvan dollari (TWD)
Tayvan bayrog'i
Tayvan bayrog'i

Tayvan haqida qisqacha

Tayvan — Osiyodagi davlat. Poytaxti — Taybey. Aholisi — 23,3 mln kishi (2013-yil). Maydoni — 36 193 km². Pul birligi — Yangi Tayvan dollari (TWD). Rasmiy tili — xitoy.

🧭 Geografik joylashuvi

Tayvanning qirgʻoq chizigʻi tekis, sharqiy qismida Tayvanshan suvayirgʻich tizmasi oʻtgan. Gʻarbiy sohili tekislik. Shimolda bir necha soʻngan vulqon bor. Kuchli zilzilalar boʻlib turadi. Iqlimi shimolda subtropik, janubda tropik, mussonli iqlim, yanvarning trasi 15-20°, iyulniki 25-30°. Yillik yogʻin 1500-2500 mm. Tez-tez tayfun boʻladi. Daryolari sersuv. Hududining yarmiga yakini doim yashil oʻrmon bilan qoplangan, 3300 m dan baland qismi butazor va oʻtloqlar. Foydali qazilmalardan neft, tabiiy gaz, koʻmir qazib olinadi, oltingugurt konlari bor. Tekisliklarda sholi, choy, batat, shakarqamish, ananas va h.k. ekiladi.

📖 Tarixi

XVII asrda Tayvanga kirib kela boshlagan xiloyliklar (xan elati) sekin-asta kelib chiqishi malayyaliklardan bo‘lgan mahalliy aholi bilan chatishib ketadi. Tayvan 1590-yilda portugallar tomonidan egallanadi. Portugallar orolga Formoza (ajoyib) deb nom bcrishadi. 1662-1682-yillarda Tayvan gollandlarga qaram bo‘lgan. 1683-yili esa orol Xitoy imperiyasi tarkibiga kirgan. 1895-yilda orolni Yaponiya bosib olgan va 1945-yilgacha orol yaponlarga qaram bo‘lgan. 1949-yilgi Xitoy inqilobidan so‘ng Chan Kayshi boshliq hukumat orolga qochadi va Chan Kayshi umrining oxirigacha (1975) Tayvan respublikasi prezidenti bo‘ladi. 1955- yilda Tayvan AQSH bilan o‘zaro xavfsizlik to‘g‘risida shartnoma imzolaydi.

📈 Iqtisodiyoti

2-jahon urushidan soʻng Tayvan iqtisodiy oʻsish va eksport boʻyicha dunyoda eng yuqori surʼatlarga ega boʻlib, iqtisodiy jihatdan kuchli maʼmuriy tuzilmaga aylangan. Hozirda Tayvan Sharqiy Osiyoning "Toʻrt kichik iqtisodiy ajdar"i - Koreya Respublikasi, Singapur va Syangan guruhidagi, yangi industrial mamlakat hisoblanadi. 1991-yildan Osiyo Tinch okean iqtisodiy hamkorligi tashkilotiga aʼzo. Tayvanning yalpi ichki mahsuloti 270 mlrd. dollardan ziyod boʻlib, jahonda 20-oʻrinni egallaydi. Iqtisodiy oʻsish surʼati - 65,1%. Kompyuter, elektron uy-roʻzgʻor apparaturasi, kiyimkechak, poyabzal, sport yaxtalari ishlab chiqarish. boʻyicha jahon xoʻjaligida yetakchi oʻrinni egallaydi. Tayvan elektronika tarkibiy kismlari, mebel, toʻqimachilik, metallurgiya, kimyo, aniq mashinasozlik mahsulotlarining yirik eksport qiluvchisi. Asosiy sanoat tarmoqlari: toʻqimachilik, radioelektronika, kemasozlik, oziq-ovqat, sement, oʻrmon yogʻochsozlik, poʻlat eritish. Yirik sanoat shaharlari: Taybey, Szilun, Taychjun, Gaosyun. Kamfara ishlab chiqarish. va eksport qilishda dunyoda 1oʻrinda. Hududining 24% ekin maydoni. Asosiy ekini - sholi, shuningdek, shakarqamish, batat, ananas ham yetishtiriladi, choy plantatsiyalari bor. Chorvachilikda qoʻy boqiladi. Baliq ovlanadi. Asosiy savdo hamkorlari - AQSh, Yaponiya, Syangan.

Tayvan: ko'p so'raladigan savollar

Tayvanning poytaxti qaysi shahar?

Tayvanning poytaxti — Taybey.

Tayvan qayerda joylashgan?

Tayvan — Osiyodagi davlat. Tayvanning qirgʻoq chizigʻi tekis, sharqiy qismida Tayvanshan suvayirgʻich tizmasi oʻtgan. Gʻarbiy sohili tekislik. Shimolda bir necha soʻngan vulqon bor. Kuchli zilzilalar boʻlib turadi.

Tayvanda qancha aholi yashaydi?

Tayvan aholisi — 23 317 031 kishi (2013-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 645,8 kishi.

Tayvanning rasmiy tili qaysi?

Tayvanning rasmiy tili — xitoy.

Tayvanning pul birligi qanday?

Tayvanning pul birligi — Yangi Tayvan dollari (TWD).