Tanzaniya

Tanzaniya Birlashgan Respublikasi

Tanzaniya bayrog'i
📍
Poytaxt
Dodoma
👥
Aholi
68 153 004
🗺️
Maydoni
947 303 km²
💰
Valyuta
Tanzaniya shillingi (TZS)
Tanzaniya bayrog'i
Tanzaniya bayrog'i

Tanzaniya haqida qisqacha

Tanzaniya — Afrikadagi davlat. Poytaxti — Dodoma. Aholisi — 68,2 mln kishi (2014-yil). Maydoni — 947 303 km². Pul birligi — Tanzaniya shillingi (TZS). Rasmiy tili — ingliz va suaxili.

🧭 Geografik joylashuvi

Afrikaning janubi sharqiy qismidagi davlat. Shimolda Keniya (chegaraning uzunligi - 769 km) va Uganda (396 km), janubda Mozambik (756 km), Malavi (475 km) va Zambiya (338 km), g‘arbda Burundi (451 km) va Ruanda (217 km) bilan chegaradosh. G‘arbda Tanganika ko‘li Tanzaniyani Kongo Demokratik Respublikasidan ajratib turadi. Mamlakatning sharqida esa Hind okeani joylashgan. Chegarasining umumiy uzunligi - 3402 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi - 1424 km. Sohilbo‘yi tekisiiklardan iborat. Mamlakat hududining asosiy qismini dengiz sathidan o‘rtacha 1200 m baland bo‘lgan yassitog‘lik tashkil qiladi. Shimoli sharq va janubi g‘arbda kichik tog‘lar bor. Afrikaning eng baland cho‘qqisi - Kilimanjaro vulqoni (5895 m) Keniya bilan chegarada joylashgan. Afrikaning eng yirik uchta koilari - Tanganika, Viktoriya, Nyasa - qisman Tanzaniyaga tegishli. Qazilma boyliklardan qalay, temir rudasi. ko‘mir, fosforitlar, olmos, oltin bor. Mamlakat hududining 5% ini haydaladigan yerlar. 17% ini o‘rmon va to‘qaylar, o‘tloq va yaylovlar 40% ini tashkil etadi. Iqlimi - ekvatorial musson. O‘simlik dunyosining asosini savanna o‘simliklari va o‘rmonlar tashkil etadi. Hayvonlardan jirafa, oq karkidon, fil, zebra, antilopalar va turli maymunlar uchraydi.

📖 Tarixi

Tanganika sohillari va unga yaqin orollarda (Zanzibar) VII-VIII asrlardayoq arablar o‘rnashishgan edi. 1505-yilda bu hududlarga portugallar kirib keladi, ammo ular o‘z ta’sirini XVII asrning oxirlarida yo‘qotishadi. XVIII asrda Zanzibar Ummon sultonlariga qaram bo‘ladi. Ummon sultonlari 1832-yilda o‘z qarorgohlarini Zanzibarga ko‘chirishadi. 1856-yilda mustaqil Zanzibar sultonligi tashkil topadi. 1890-yilda sultonlik Britaniya protektorati deb e’lon qilinadi. Mamlakatning bantu qabilalari istiqomat qiladigan markaziy viloyatlarini mustamlakaga aylantirish XIX asrda inglizlar va nemislar tomonidan boshlanadi. 1885-yilda Tanganika hududida Germaniya Sharqiy Afrikasi Kompaniyasiga asos solinib, 1891-yilda bu hududlar Germaniya mustamlakasiga aylantiriladi. 1920-yilda Millatlar Ligasi Tanganikani boshqarish mandatini Buyuk Britaniyaga topshirdi. 1947-yilda bu yerlar BMT otalig‘idagi hududlar maqomini oladi. Tanganika (1961) va Zanzibar (1963) mustaqillikka erishgandan so‘ng 1964-yilning aprelida yagona davlat Tanzaniya tashkil topadi.

📈 Iqtisodiyoti

Tanzaniya iqtisodi sezilarli darajada qishloq xo‘jaligi (YIM - 58%) bilan bog‘liq. Qishloq xo‘jaligi mahsulot- lari (asosan qahva, choy, paxta, tamaki, chinnigul) eksportning 85% ini tashkil etadi. Sanoat qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, olmos va neft qazib olish hamda neftni qayta ishlash bilan chegaralangan. Asosiy savdo sheriklari: Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSh, Yaponiya, Italiya. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 3555 km, avtomobil yo‘llari - 81900 km. Portlari: Dor-us- Salom, Mtvara, Ianga va Zanzibar (okean), Mvenda va Kigoma (daryo).

Tanzaniya: ko'p so'raladigan savollar

Tanzaniyaning poytaxti qaysi shahar?

Tanzaniyaning poytaxti — Dodoma.

Tanzaniya qayerda joylashgan?

Tanzaniya — Afrikadagi davlat. Afrikaning janubi sharqiy qismidagi davlat. Shimolda Keniya (chegaraning uzunligi - 769 km) va Uganda (396 km), janubda Mozambik (756 km), Malavi (475 km) va Zambiya (338 km), g‘arbda Burundi (451 km) va Ruanda (217 km) bilan chegaradosh.

Tanzaniyada qancha aholi yashaydi?

Tanzaniya aholisi — 68 153 004 kishi (2014-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 50,1 kishi.

Tanzaniyaning rasmiy tili qaysi?

Tanzaniyaning rasmiy tili — ingliz va suaxili.

Tanzaniyaning pul birligi qanday?

Tanzaniyaning pul birligi — Tanzaniya shillingi (TZS).

Tanzaniya qachon mustaqil bo'lgan?

Tanzaniya 1964-yil 26-aprelda mustaqillikka erishgan.