Uganda

Uganda Respublikasi

Uganda bayrog'i
📍
Poytaxt
Kampala
👥
Aholi
45 905 417
🗺️
Maydoni
241 038 km²
💰
Valyuta
Uganda shillingi (UGX)
Uganda bayrog'i
Uganda bayrog'i

Uganda haqida qisqacha

Uganda — Afrikadagi davlat. Poytaxti — Kampala. Aholisi — 45,9 mln kishi (2014-yil). Maydoni — 241 038 km². Pul birligi — Uganda shillingi (UGX). Rasmiy tili — ingliz tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Afrikaning sharqidagi davlat. Sharqda Keniya (933 km), g‘arbda Kongo Demokratik Respublikasi (765 km), shimolda Sudan (435 km), janubda Tanzaniya (396 km) va Ruanda (169 km) bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi - 2698 km. Mamlakat asosan balandligi 1100-1500 m bo‘lgan yassitog‘likda joylashgan. G‘arbda Ruvenzori tog‘ massivi bo‘lib, unda mamlakatning eng baland cho‘qqisi - Margarita tog‘i (5109 m) joylashgan. Ugandada ko‘llar ko‘p. Ularning yiriklari - Mobutu-Sese-Seko, Koga, Eduard va Viktoriya (qisman). Asosiy daryo - Ail (irmoqlari bilan). Asosiy qazilma boyliklari: mis, kobalt. Mamlakat hududining 23% ini haydaladigan yerlar, 30% ini o‘rmon va to‘qaylar, 25% ini o‘tloq va yaylovlar tashkil etadi. Iqlimi - subekvatorial. Ugandaning asosiy qismini savannalar tashkil etadi. Aloy, zontsimon oqmiya, bassiy yong‘og‘i, kigemiya, temir daraxt o‘sadi. Hayvonot olamini fil, begemot, jirafa, arslon, maymunlardan - tog‘ gorillasi, oq-qora kolobus, serkopitekus (kamdan kam uchraydi) tashkil etadi.

📖 Tarixi

Hozirgi Uganda hududida dastlab Kitara davlati vujudga keladi. XV asrda markaziy Ugandada Unror davlati yetakchilik qiladi. XIX asrning o‘rtalariga kelib Uganda qirolligining mavqeyi ortadi. 1862-yilda inghzlar Ugandaga kirib kehshadi. 1890-yildan Uganda Britaniya protektoratiga aylanadi. 1962-yilda Uganda mustaqillikka erishadi. 1963-yildan respublika deb e’lon qilinadi. Mustaqillikka erishilgandan so‘ng mamlakatda bir necha bor harbiy to‘ntarishlar bo‘lib o‘tadi. Shunday to‘ntarishlardan birida 1971-yili hokimiyatga general Amin keladi. Diktator Amin hukmronligi yillarida 300000 ga yaqin aholi qirib yuboriladi, mamlakat iqtisodiyoti inqirozga yuz tutdi. Amin 1979-yilda Tanzaniya armiyasi yordamida hokimiyatdan chetlashtiriladi. Shundan so‘ng ham mamlakatda davlat to‘ntarishlarini keltirib chiqaradigan fuqarolar urushi davom etadi. So‘nggi davlat to‘ntarishi Ugandada 1986-yilda amalga oshirilgan.

📈 Iqtisodiyoti

Sanoatining asosiy tarmoqlari - tog‘-kon, oziq-ovqat va yengil sanoat. Tuproqning unumdorligi va qulay iqlim sharoiti tufayli qishloq xo‘jaligi rivojlanmoqda (YIM - 57%). Mamlakat eng ko‘p daromadni asosiy eksport mahsuloti - qahvadan oladi. Qahvadan tashqari choy, paxta, tamaki eksport qilinadi. Mamlakat o‘zini o‘zi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaydi. Asosiy savdo sheriklari: AQSh, Buyuk Britaniya, Keniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya. Temiryoilarining umumiy uzunligi - 1300 km, avtomobil yo‘llari - 26200 km (2000 km ga yaqini qattiq qoplamali). Asosiy porti: Dinja (Viktoriya ko‘lida).

Uganda: ko'p so'raladigan savollar

Ugandaning poytaxti qaysi shahar?

Ugandaning poytaxti — Kampala.

Uganda qayerda joylashgan?

Uganda — Afrikadagi davlat. Afrikaning sharqidagi davlat. Sharqda Keniya (933 km), g‘arbda Kongo Demokratik Respublikasi (765 km), shimolda Sudan (435 km), janubda Tanzaniya (396 km) va Ruanda (169 km) bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi - 2698 km.

Ugandada qancha aholi yashaydi?

Uganda aholisi — 45 905 417 kishi (2014-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 144,6 kishi.

Ugandaning rasmiy tili qaysi?

Ugandaning rasmiy tili — ingliz tili.

Ugandaning pul birligi qanday?

Ugandaning pul birligi — Uganda shillingi (UGX).

Uganda qachon mustaqil bo'lgan?

Uganda 1962-yil 9-oktabrda mustaqillikka erishgan.