Urugvay

Sharqiy Urugvay Respublikasi

Urugvay bayrog'i
📍
Poytaxt
Montevideo
👥
Aholi
3 499 451
🗺️
Maydoni
176 215 km²
💰
Valyuta
Urugvay pesosi (UYI)
Urugvay bayrog'i
Urugvay bayrog'i

Urugvay haqida qisqacha

Urugvay — Janubiy Amerikadagi davlat. Poytaxti — Montevideo. Aholisi — 3,5 mln kishi (2014-yil). Maydoni — 176 215 km². Pul birligi — Urugvay pesosi (UYI). Rasmiy tili — ispan tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Janubiy Amerikaning janubi sharqiy qismida joylashgan davlat. Sharqda va shimolda Braziliya (985 km), g‘arbda Argentina (579 km) bilan chegaradosh. Janub va sharq tomonidan Atlantika okeani bilan tutashgan. Chegarasining umumiy uzunligi - 1564 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi - 660 km. Urugvay hudud jihatidan Janubiy Amerikadagi kichik davlatlardan biridir. Mamlakat relyefi kichik tepaliklari bo‘lgan tekislikdan iborat. Hududning o‘rtacha balandligi 200-300 m. Sohil bo‘yida unumdor pasttepaliklar mavjud. Asosiy daryolari - Urugvay, Rionegro. Qazilma boyliklarga kambag‘al. Asosiy tabiiy resurslarini unumdor tuproq va gidroenergetik imkoniyatlar tashkil etadi. Mamlakat hududining 22% i haydaladigan yerlar, 78% i o‘tloq va yaylovlardir. Iqlimi - subtropik. O‘simlik dunyosini asosan yaylov o‘simliklari tashkil etadi. O‘rmonlarida tropik daraxtlar o‘sadi. Puma, tapir, to‘ng‘iz, tulki, kiyik, yowoyi mushuk, chumolixo‘r, kolibri, Amerika tuyaqushi, boyo‘g‘li, jo‘rchi, yirik o‘rgimchaklar va sudraluvchilar faunani tashkil etadi.

📖 Tarixi

harrua va Guarani hududlari o‘mashgan hozirgi Urugvay hududi 1516-yilda ispaniyalik Dias de-Solis tomonidan kashf etiladi. XVII asrda boshlangan mustamlakachilik hindular orasida xristianlikni targ‘ib etish bilan davom etgan. 1726-yilda Montevideoga asos solgan ispanlar XVIII asrda hozirgi Urugvay hududini Rio-le-La-Plata vitse-qirolligi tarkibiga kiritadi. XIX asrning boshlarida mamlakatda mustaqillik uchun kurash boshlanadi, lekin 1816-yilda Urugvay portugallar tomonidan bosib olinib, Braziliyaga qo‘shib yuboriladi. 1828-yilda mustaqillikka erishgandan so‘ng Urugvayda balankos (konservatorlar) va kolorados (liberallar) tarafdorlari o‘rtasida fuqarolar urushi boshlanadi. Mamlakatning yirik siyosiy arboblaridan biri Batle-Ordokes 1903-1915-yillarda demokratik jamiyatning poydevorini qo‘yib beradi. Lekin uning vafotidan so‘ng Urugvayda harbiy diktatura o‘rnatiladi. 1952-yildan 1966-yilgacha mamlakatni kollegial hukumat boshqaradi. 1970-yilda mamlakatda tupamaros milliy-ozodlik harakati tarafdorlarining qo‘zg‘oloni boshlandi. Qo‘zg‘olon 1972-yilda hukumat qo‘shinlari tomonidan bostiriladi. 1973-yilda Urugvayda navbatdagi harbiy davlat to‘ntarishi bo‘lib, 1984-yildagina harbiylar hokimiyatni fuqarolar hukumatiga topshiradi.

📈 Iqtisodiyoti

Sanoat go‘sht va baliqni qayta ishlash, jun, teri, shakar, to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq. Qishloq xo‘jaligida katta maydonlar chorva boqish uchun ajratilgan. Asosiy ekinlari - bug‘doy, sholi, sorgo. Regional iqtisodiy hamkorlik doirasida Urugvay Braziliya, Argentina va Paragvay bilan iqtisodiy aloqalar o‘matgan. Asosiy savdo sheriklari: Braziliya, AQSh, Argentina, Xitoy, Italiya. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 3000 km, avtomobil yo‘llari 49900 km (6700 km qattiq qoplamali), ichki suv yo‘llari - 1600 km. Porti - Montevideo.

Urugvay: ko'p so'raladigan savollar

Urugvayning poytaxti qaysi shahar?

Urugvayning poytaxti — Montevideo.

Urugvay qayerda joylashgan?

Urugvay — Janubiy Amerikadagi davlat. Janubiy Amerikaning janubi sharqiy qismida joylashgan davlat. Sharqda va shimolda Braziliya (985 km), g‘arbda Argentina (579 km) bilan chegaradosh. Janub va sharq tomonidan Atlantika okeani bilan tutashgan.

Urugvayda qancha aholi yashaydi?

Urugvay aholisi — 3 499 451 kishi (2014-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 19,3 kishi.

Urugvayning rasmiy tili qaysi?

Urugvayning rasmiy tili — ispan tili.

Urugvayning pul birligi qanday?

Urugvayning pul birligi — Urugvay pesosi (UYI).

Urugvay qachon mustaqil bo'lgan?

Urugvay 1825-yil 25-avgustda mustaqillikka erishgan.