Vatikan

Vatikan shahar davlat

Vatikan bayrog'i
📍
Poytaxt
Vatikan
👥
Aholi
882
🗺️
Maydoni
0,4 km²
💰
Valyuta
Yevro (EUR)
Vatikan bayrog'i
Vatikan bayrog'i

Vatikan haqida qisqacha

Vatikan — Yevropadagi davlat. Poytaxti — Vatikan. Aholisi — 882 kishi (2014-yil). Maydoni — 0,4 km². Pul birligi — Yevro (EUR). Rasmiy tili — lotin, italyan tillari.

🧭 Geografik joylashuvi

Italiyaning poytaxti Rim shahrining g‘arbiy qismida (Monte Vatikano tepaligida), katolik cherkovi boshlig‘i Rim papasining rezidensiyasi hududida joylashgan kichik davlat.

📖 Tarixi

Rimda papaning doimiy qarorgohi joylashgan qasr XIV asrda qurilgan. XVIII-XIX asrlarda Italiyada mustaqil teokratik davlat sifatida Papa viloyati mavjud edi. Vatikan o‘z nomini 1870-yilda Rim papasining qarorgohi bo‘lib kelgan saroy nomidan olgan. 1871-yili italyan yerlari birlashtirilib, papa diniy hokimiyatdan mahrum etildi. 1929-yilda tuzilgan Lateran bitimlariga ko‘ra Vatikan Rim papasining qarorgohiga aylandi. Vatikanga Rimda va uning tashqarisidagi o‘nlab binolar tegishlidir. Vatikan o‘z bayrog‘i, valyutasi, armiyasi, radiostansiyasi va gazetalariga ega. 2004-yil 2-aprel kuni Ioann Pavel II (Karol Yuzef Voytila-polyak millatiga mansub bo‘lgan birinchi papa) vafot etib, uning o‘rniga 2005-yil 19-apreldan Benedikt XVI (Yozef Ratsinger) saylandi.

📈 Iqtisodiyoti

Vatikan yirik kapital mablag‘lari, bir qator kompaniya va banklaming aksiyalari, Italiya, Ispaniya, Germaniya va Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi yirik ko‘chmas mulklarning egasi hisoblanadi. Vatikanning mablag‘lari AQShda 50 mlrd dollardan ortiqqa baholangan. Daromadining boshqa manbalari - milliy katolik cherkovlarining badallari, pochta markalari, tangalar, suvenirlar ishlab chiqarish va sotishdan tushadigan mablag‘lardir. 2006-yil YIM miqdori 810 mln dollarni (aholi jon boshiga - 0,9 mln doll.) tashkil etgan. Vatikan turli mamlakatlarda 50 dan oshiq tilda 1,5 ming xildan ortiq gazeta va jurnallar nashr qiladi. Dunyoning ko‘plab mamlakatlariga o‘z radioeshittirishlarini tarqatadi.

Vatikan: ko'p so'raladigan savollar

Vatikanning poytaxti qaysi shahar?

Vatikanning poytaxti — Vatikan.

Vatikan qayerda joylashgan?

Vatikan — Yevropadagi davlat. Italiyaning poytaxti Rim shahrining g‘arbiy qismida (Monte Vatikano tepaligida), katolik cherkovi boshlig‘i Rim papasining rezidensiyasi hududida joylashgan kichik davlat.

Vatikanda qancha aholi yashaydi?

Vatikan aholisi — 882 kishi (2014-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 1913,6 kishi.

Vatikanning rasmiy tili qaysi?

Vatikanning rasmiy tili — lotin, italyan tillari.

Vatikanning pul birligi qanday?

Vatikanning pul birligi — Yevro (EUR).

Vatikan qachon mustaqil bo'lgan?

Vatikan 1929-yil 11-fevralda mustaqillikka erishgan.