Sent-Vinsent va Grenadina

Sent-Vinsent va Grenadina

Sent-Vinsent va Grenadina bayrog'i
📍
Poytaxt
Kingstaun
👥
Aholi
110 872
🗺️
Maydoni
389 km²
💰
Valyuta
Sharqiy Karib dollari (XCD)
Sent-Vinsent va Grenadina bayrog'i
Sent-Vinsent va Grenadina bayrog'i

Sent-Vinsent va Grenadina haqida qisqacha

Sent-Vinsent va Grenadina — Shimoliy Amerikadagi davlat. Poytaxti — Kingstaun. Aholisi — 111 ming kishi (2015-yil). Maydoni — 389 km². Pul birligi — Sharqiy Karib dollari (XCD). Rasmiy tili — ingliz tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Karib dengizining janubi sharqiy qismidagi Sent-Vinsent va Grenadin orollarida joylashgan davlat. Sohil bo‘ylab chegara uzunligi - 84 km. Mamlakat hududi vulqon otilishidan hosil bo‘lgan tepaliklardan iborat orollar. Iqlimi - tropik mo‘tadil. Orollarning o‘rta qismi butunlay o‘rmon bilan qoplangan, biroq qimmatli turlari kam, asosan palma, non daraxtlari uchraydi.

📖 Tarixi

Sent-Vinsent oroli Kolumb tomonidan kashf qilingan va XVII asrgacha ispan mustamlakasi bo‘lib qolaverdi. XVII-XVIII asrlarda orol Fransiya bilan Buyuk Britaniya o‘rtasida talash bo‘ldi. Sent-Vinsent va Grenadin 1762-yili Buyuk Britaniyaning to‘la hukmronligi ostiga o‘tdi va 1783-yili mustamlaka deb e’lon qilindi. 1958-1962-yillarda orollar Vest-Indiya Federatsiyasiga kirdi, 1979-yili esa mustaqil davlat deb e’lon qilindi.

📈 Iqtisodiyoti

Iqtisodiyotining eng muhim sohasi - qishloq xo‘jaligi (banan - asosiy eksport mahsulotlaridan biri). Rivojlanib borayotgan turizm ham daromadning eng muhim manbalaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarishi asosan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashdan iborat. Asosiy savdo hamkorlari: Buyuk Britaniya, AQSh, Karib havzasi davlatlari. Avtomobil yoilarining umumiy uzunligi - 1184 km. Porti - Kingstaun.

Sent-Vinsent va Grenadina: ko'p so'raladigan savollar

Sent-Vinsent va Grenadinaning poytaxti qaysi shahar?

Sent-Vinsent va Grenadinaning poytaxti — Kingstaun.

Sent-Vinsent va Grenadina qayerda joylashgan?

Sent-Vinsent va Grenadina — Shimoliy Amerikadagi davlat. Karib dengizining janubi sharqiy qismidagi Sent-Vinsent va Grenadin orollarida joylashgan davlat. Sohil bo‘ylab chegara uzunligi - 84 km. Mamlakat hududi vulqon otilishidan hosil bo‘lgan tepaliklardan iborat orollar. Iqlimi - tropik mo‘tadil.

Sent-Vinsent va Grenadinada qancha aholi yashaydi?

Sent-Vinsent va Grenadina aholisi — 110 872 kishi (2015-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 280,2 kishi.

Sent-Vinsent va Grenadinaning rasmiy tili qaysi?

Sent-Vinsent va Grenadinaning rasmiy tili — ingliz tili.

Sent-Vinsent va Grenadinaning pul birligi qanday?

Sent-Vinsent va Grenadinaning pul birligi — Sharqiy Karib dollari (XCD).

Sent-Vinsent va Grenadina qachon mustaqil bo'lgan?

Sent-Vinsent va Grenadina 1979-yil 27-oktabrda mustaqillikka erishgan.