Venesuela

Venesuela Bolivarian Respublikasi

Venesuela bayrog'i
📍
Poytaxt
Karakas
👥
Aholi
28 517 000
🗺️
Maydoni
916 445 km²
💰
Valyuta
Bolivar fuеrte (VEF)
Venesuela bayrog'i
Venesuela bayrog'i

Venesuela haqida qisqacha

Venesuela — Janubiy Amerikadagi davlat. Poytaxti — Karakas. Aholisi — 28,5 mln kishi (2015-yil). Maydoni — 916 445 km². Pul birligi — Bolivar fuеrte (VEF). Rasmiy tili — ispan tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Janubiy Amerikadagi davlat. Janubda - Braziliya, g‘arbda va janubi g‘arbda - Kolumbiya, sharqda Gayana davlatlari bilan chegaradosh. Shimoliy qirg‘oqlari Karib dengizi va Atlantika okeani bilan tutashgan. Mamlakatning shimoli va shimoli g‘arbida Karib Andlari tog‘ zanjirining Siyerra-de-Perixa, Kordilyera-de-Merida tizmalari joylashgan. Venesuelaning eng yuqori nuqtasi - Bolivar cho‘qqisi (5007 m). Mamlakat markazida Orinoko pastligi, janubi sharqda Gviana tekis tog‘liklari joylashgan. Tog‘ tizmalari orasida botiqlar va cho‘kmalar ko‘p bo‘lib, u yerlarda koilar hosil bo‘lgan. Yirik ko‘llari - Marakaybo va Valensiya. Iqlimi - subekvatorial. Asosiy daryosi - Orinoko irmoqlari bilan. Mamlakat neft, tabiiy gaz, temir rudasi, olmos, oltin, kumush, mis, rux, titan, marganes zaxiralariga ega. Venesuelaning doimiy yashil o‘rmonlarida qimmatbaho daraxt turlari mavjud. Hayvonot dunyosida maymun, ayiq, yalqov, chumolixo‘rlami uchratish mumkin.

📖 Tarixi

1498-yilda X.Kolumb hozirgi Venesuela yerlarini kashf qildi. XVI asrdan boshlab ispanlar mamlakatni mustamlaka qila boshlaydi. 1567-yilda mamlakat poytaxti Karakasga asos solindi. XVIII asrning birinchi yarmida Venesuela lspaniya vitse-qirolligining tarkibiy qismiga aylandi. XIX asr boshlaridan mustaqillik uchun kurash boshlandi. Mustaqillik uchun kurashga Simon Bolivar rahbarlik qildi. Bir qator g‘alabalar va mag‘lubiyatlardan so‘ng, Venesuela to‘la mustaqillikni 1830-yilda qo‘lga kiritdi. XX asrning o‘rtalarigacha mamlakatda harbiy to‘ntarishlar va inqiloblar bo‘lib turdi. 1958-yildagina mamlakatda fuqarolik demokratiyasi o‘rnatildi. Mamlakat iqtisodi neft eksporti hisobiga tez sur’atlar bilan rivojlandi. 1974-yilda neft sanoati milliylashtirildi. 1980-yillarning o‘rtalarida mamlakatda moliyaviy-iqtisodiy inqiroz boshlanib, ommaviy namoyishlarga, ish tashlashlarga olib keldi. 90-yillarda bir qator harbiy to‘ntarishlami amalga oshirish uchun harakatlar bo‘lib, ularning barchasi hukumat qo‘shinlari tomonidan bostirildi. Bir kunda 3 mln barrel neft qazib oladigan Venesuela prezidenti Ugo Chaves AQSh bilan keskin munosabatda bo‘lishiga qaramay neft yetkazib berish shartnomasi uzluksiz bajarilib kelingan (Venesuela nefti AQSh neft importining 15% tashkil qiladi). 2006-yil 12 martda Venesuela parlamenti davlat bayrog‘iga sakkizinchi yulduzni qo‘shish haqidagi qarorni qabul qildi (XIX asrning boshida Guayana viloyati qo‘shilganligini ifodalovchi sakkizinchi yulduzni qo‘shish 1817-yilda Simon Bolivar tomonidan taklif etilgan edi).

📈 Iqtisodiyoti

Mamlakat iqtisodining asosini neftni qayta ishlash sanoati tashkil etadi. Neft qazib olishdan keladigan foyda davlat budjetiga tushadigan daromadning asosiy qismini tashkil etadi. Quyidagi sanoat sohalari rivojlangan; temir rudasini qazib olish, neftni qayta ishlash, neft kimyosi, metallurgiya, to‘qimachilik, oziq-ovqat, avtomobilsozlik. Makkajo‘xori, dukkaklilar, shakarqamish, sholi, sorgo, kartoshka, sabzavotlar, qahva, banan yetishtiriladi. Chorvachilik va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash ham keng yo‘lga qo‘yilgan. Asosiy savdo hamkorlari: AQSh, Braziliya, Kolumbiya, Yaponiya, Italiya, Germaniya.

Venesuela: ko'p so'raladigan savollar

Venesuelaning poytaxti qaysi shahar?

Venesuelaning poytaxti — Karakas.

Venesuela qayerda joylashgan?

Venesuela — Janubiy Amerikadagi davlat. Janubiy Amerikadagi davlat. Janubda - Braziliya, g‘arbda va janubi g‘arbda - Kolumbiya, sharqda Gayana davlatlari bilan chegaradosh. Shimoliy qirg‘oqlari Karib dengizi va Atlantika okeani bilan tutashgan.

Venesuelada qancha aholi yashaydi?

Venesuela aholisi — 28 517 000 kishi (2015-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 33,4 kishi.

Venesuelaning rasmiy tili qaysi?

Venesuelaning rasmiy tili — ispan tili.

Venesuelaning pul birligi qanday?

Venesuelaning pul birligi — Bolivar fuеrte (VEF).

Venesuela qachon mustaqil bo'lgan?

Venesuela 1811-yil 5-iyulda mustaqillikka erishgan.