Virgin orollari (Britaniya)

Britaniya Virgin orollari

Virgin orollari (Britaniya) bayrog'i
📍
Poytaxt
Rod Taun
👥
Aholi
39 471
🗺️
Maydoni
153 km²
💰
Valyuta
AQSh dollari (USD)
Virgin orollari (Britaniya) bayrog'i
Virgin orollari (Britaniya) bayrog'i

Virgin orollari (Britaniya) haqida qisqacha

Virgin orollari (Britaniya) — Shimoliy Amerikadagi davlat. Poytaxti — Rod Taun. Aholisi — 39 ming kishi (2012-yil). Maydoni — 153 km². Pul birligi — AQSh dollari (USD). Rasmiy tili — ingliz tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Virgin orollari 400 dan ortiq orollardan iborat (ulardan 16 tasida odam yashaydi). Ulardan eng kattalari Tortola, Virjin-Gorda, Anegada. Virgin orollari Kichik Antil orollarining shimoliy qismida, Puerto-Rikodan sharqda joylashgan. Orollar ohaktoshlar bilan qoplangan. Iqlimi - tropik. Doimiy yashil tropik o‘rmonlarning qoldiqlari bor, qolgan yerlari qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar. Maymun, kolibri, to‘ti, dengiz qushlari yashaydi.

📖 Tarixi

1493-yilda X.Kolumb ckspcditsiyasi orolga kelib tushgan. YevropaliJdardan birinchilardan bolib gollandlar (1648) yashay boshlaganlar. Angliyaliklar dastlab 1666-yilda orolga kelgan. Ular kelishi bilan qullar mehnatiga asoslangan plantatsiyalar xo‘jaligi rivojlana boshlagan. Qulchilik tugatilguniga qadar (XIX asr o‘rtalarida) orolga yetti ming negr qullar keltirilgan. 1762-yildan Buyuk Britaniyaning rasmiy mustamlakasi. 1960-yilda rasman alohida hudud deb e’lon qilindi. 1967-yilda orolga chegaralangan o‘z-o‘zini boshqarish huquqi berildi.

📈 Iqtisodiyoti

Iqtisodining asosini chet el turizmi tashkil etadi. Sement, rom, yengil sanoat, qurilish mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar faoliyat ko‘rsatadi. Kokos yong‘og‘i, banan, shakarqamish, sabzavotlar yetishtiriladi. Importi: mashina va jihozlar. Eksporti: rom, baliq, qum, shag‘al, mevalar, chorvachilik mahsulotlari. 2006-yil YIM miqdori 2590 mln dollarni (aholi jon boshiga - 38500 doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Puerto-Riko, Virgin orol-lari (AQSH).

Virgin orollari (Britaniya): ko'p so'raladigan savollar

Virgin orollari (Britaniya)ning poytaxti qaysi shahar?

Virgin orollari (Britaniya)ning poytaxti — Rod Taun.

Virgin orollari (Britaniya) qayerda joylashgan?

Virgin orollari (Britaniya) — Shimoliy Amerikadagi davlat. Virgin orollari 400 dan ortiq orollardan iborat (ulardan 16 tasida odam yashaydi). Ulardan eng kattalari Tortola, Virjin-Gorda, Anegada. Virgin orollari Kichik Antil orollarining shimoliy qismida, Puerto-Rikodan sharqda joylashgan. Orollar ohaktoshlar bilan qoplangan.

Virgin orollari (Britaniya)da qancha aholi yashaydi?

Virgin orollari (Britaniya) aholisi — 39 471 kishi (2012-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 130,7 kishi.

Virgin orollari (Britaniya)ning rasmiy tili qaysi?

Virgin orollari (Britaniya)ning rasmiy tili — ingliz tili.

Virgin orollari (Britaniya)ning pul birligi qanday?

Virgin orollari (Britaniya)ning pul birligi — AQSh dollari (USD).

Virgin orollari (Britaniya) qachon mustaqil bo'lgan?

Virgin orollari (Britaniya) Buyuk Britaniyaga qarashli hududda mustaqillikka erishgan.