Vetnam

Vetnam Sotsialistik Respublikasi

Vetnam bayrog'i
📍
Poytaxt
Xanoy
👥
Aholi
101 343 800
🗺️
Maydoni
329 560 km²
💰
Valyuta
Dong (VND)
Vetnam bayrog'i
Vetnam bayrog'i

Vetnam haqida qisqacha

Vetnam — Osiyodagi davlat. Poytaxti — Xanoy. Aholisi — 101,3 mln kishi (2014-yil). Maydoni — 329 560 km². Pul birligi — Dong (VND). Rasmiy tili — vetnam tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Janubi sharqiy Osiyoda joylashgan davlat. G‘arbda - Kombodja va Laos, shimolda Xitoy bilan chegaradosh. Sharqiy va Janubiy sohillari Janubiy Xitoy dengizi bilan tutashgan. Vyetnam Hindixitoy yarimorolining sharqiy qismida joylashgan. Mamlakat 4 ta fizik-georafik hududga bo‘lingan. Shimolda joylashgan Yunnan tog‘ligida mamlakatning eng yuqori nuqtasi - Fon-Si- Pan (3143 m) tog‘i joylashgn. Iqlimi - shimolda subtropik, janubi sharqda va markazida tropik mussonli. Mamlakatning asosiy daryolari - Mekong va Xongxa bo‘lib, ular Janubiy Xitoy dengiziga quyiladi. Mamlakat hududida temir rudasi, marganes, boksitlar, ko‘mir zaxiralari mavjud. Dengiz shelflarida neft va gaz konlari topilgan. Togli hududlarda tropik o‘rmonlarining katta bo‘lmagan maydonlari saqlanib qolgan. Bu yerda keng bargli bambuk, liana, banyan kabi daraxtlar o‘sadi. Vyetnam hududida fil, ayiq, yoibars, kiyik, maymun, quyon, olmaxon kabi hayvonlami uchratish mumkin. Timsoh, ilon, kaltakesaklar keng tarqalgan.

📖 Tarixi

Mamlakat hududida m. a. 300-yilda Dong-son davlati gullab-yashnadi. М. a. 111-yilda Vyetnam Xitoy tomonidan bosib olindi. 939-yilda xitoyliklar mag‘lubiyatga uchrab, dastlabki vyetnam sulolasiga asos solinadi. 1471-yilda Shimoliy va Janubiy Vyetnamning birlashish jarayoni boshlandi. 1858-yilda Fransiya tomonidan Vyetnam bosib olindi. 1930-yilda Xo Shi Min kommunistik partiyani tashkil etdi va mustaqillik uchun kurash boshladi. 1946-yilda Vyetnam fransuzlar va ularning mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurash bosh­ladi. 1954-yilda Jeneva kelishuviga asosan Vyetnam 17-parallel bo‘ylab ikkiga bo‘lindi. Shimolni kommunistlar, janubni AQSh qo‘llab-quvvatladi. 1964-yili Shimol qo‘shinlari AQShning kichik kemalariga hujum qilganidan so‘ng harbiy harakatlar boshlanib ketdi. 1973- yilda AQSh qo‘shinlari Vyetnamdan olib chiqildi. 1992-yilda yangi konstitutsiya qabul qilindi. 1995-yilda Vyetnam AQSh bilan diplomatik munosabatlarini qayta tikladi.
Vyеtnam davlati bilan o‘zbеkiston o‘rtasida 1992-yildan buyon diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan.

📈 Iqtisodiyoti

Mamlakat iqtisodi davlat, koopperativ va xususiy sektorlaridan tarkib topgan. Vyetnam Janubi Sharqiy Osiyoning «Yangi industrial mamlakat»lari qatoriga kiradi. Sanoatning tog‘-kon, metallurgiya, energetika, asbobsozlik tarmoqlari rivojlanmoqda. Neft, apatitlar, xromitlar, qalay, volfram qazib olinadi. Mamlakat o‘z-o‘zini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan tola ta’min- lashga erishdi. Sholi, shakarqamish, choy, qahva, paxta, batat, tropik meva va sabzavotlar yetishtiriladi. Asosiy savdo hamkorlari: Xitoy, Yaponiya, Singapur, Janubiy Koreya, Tayvan, Tailand, Rossiya.

Vetnam: ko'p so'raladigan savollar

Vetnamning poytaxti qaysi shahar?

Vetnamning poytaxti — Xanoy.

Vetnam qayerda joylashgan?

Vetnam — Osiyodagi davlat. Janubi sharqiy Osiyoda joylashgan davlat. G‘arbda - Kombodja va Laos, shimolda Xitoy bilan chegaradosh. Sharqiy va Janubiy sohillari Janubiy Xitoy dengizi bilan tutashgan. Vyetnam Hindixitoy yarimorolining sharqiy qismida joylashgan.

Vetnamda qancha aholi yashaydi?

Vetnam aholisi — 101 343 800 kishi (2014-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 275,3 kishi.

Vetnamning rasmiy tili qaysi?

Vetnamning rasmiy tili — vetnam tili.

Vetnamning pul birligi qanday?

Vetnamning pul birligi — Dong (VND).

Vetnam qachon mustaqil bo'lgan?

Vetnam 1945-yil 2-sentabr e’lon qilingan, 1954-yilda tan olinganda mustaqillikka erishgan.