Janubiy Afrika Respublikasi

Janubiy Afrika Respublikasi

Janubiy Afrika Respublikasi bayrog'i
📍
Poytaxt
Pretoriya
👥
Aholi
63 100 945
🗺️
Maydoni
1 221 037 km²
💰
Valyuta
Rend (ZAR)
Janubiy Afrika Respublikasi bayrog'i
Janubiy Afrika Respublikasi bayrog'i

Janubiy Afrika Respublikasi haqida qisqacha

Janubiy Afrika Respublikasi — Afrikadagi davlat. Poytaxti — Pretoriya. Aholisi — 63,1 mln kishi (2014-yil). Maydoni — 1 221 037 km². Pul birligi — Rend (ZAR). Rasmiy tili — ingliz, zulu, kosa, svazi, sesoto tillari.

🧭 Geografik joylashuvi

Afrikaning janubidagi davlat. Shimolda Botsvana (1840 km), Namibiya (855 km), Mozambik (491 km), Svazilend (130 km) va Zimbabve bilan chegaradosh. Mamlakat sharqida Lesoto qirolligi (909 km) joylashgan. G‘arbda Atlantika okeani, janub va sharqda Hind okeani bilan tutashgan. Chegarasining umumiy uzunligi - 4750 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi - 2798 km. Mamlakat yassitog‘likda joylashgan. Sharqida mamlakatning eng baland nuqtasi - Katkin cho‘qqisi (3660 m) joylashgan Ajdar tog‘lari yotadi. Janubda Кар tog‘lari joylashgan. G‘arbda Namib sahrosi, shimoli g‘arbda Kalaxari sahrosining janubiy qismi joylashgan. Asosiy daryolari: Oranj va Limpopo. Qazilma boyliklari: oltin, uran, olmos, platina, xrom, ko‘mir, temir rudasi, tabiiy gaz, marganes, nikel, qalay, fosfatlar. Haydaladigan yerlar hududning 10% ini, yaylov va o‘tloqlar 65% ini egallaydi. Iqlimi - tropik. Palma, baobab, aloy, temir daraxti, qizil daraxt, кар samshiti, xushbo‘y daraxt o‘sadi. Arslon, qoplon, jirafa, begemot, endemik turdagi qushlar, oq karkidon, muqaddas hayvon zuluxamemon, pitonlar hayvonot olamini tashkil etadi.

📖 Tarixi

Hozirgi JAR hududiga dastlab bushmenlar, keyinchalik gottentotlar o‘rnashgan. 1488-yilda portugal dengizchisi Dias Yaxshi Umid burnini kashf etadi.
1652-yilda gollandlar Janubiy Afrika sohillarida o‘z mustamlakalariga asos solishadi. Bular 1834-1839-yillarda Transvaal hamda Oranj respublikalariga asos solishadi. Inglizlarning Transvaalga 1877-yilda hujum qilishi birinchi ingliz - bur urushini keltirib chiqaradi va bu urushda Buyuk Britaniya magiubiyatga uchraydi. Lekin ikkinchi ingliz - bur urushidan so‘ng, 1902-yilda inglizlar burlar ustidan o‘z hukmronligini o‘rnatadi. 1910-yilda Кар, Natal, Transvaal va Oranjdan iborat federatsiya tuziladi va Britaniya dominioni deb e’lon qilinadi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Janubiy Afrika Ittifoqi (1961-yildan JAR)ning hukumati aparteid siyosatini e’lon qiladi. Mamlakatning afrikalik aholisining noroziliklari, jahon hamjamiyatining mamlakat hukumatini iqtisodiy sanksiyalar bilan siquvga olishi 1989-yilda aparteid siyosatining tugatilishiga olib keldi. 1992-yilda dastlabki demokratik saylovlarda Nelson Mandela g‘olib chiqadi. 1994-yili hokimiyat bo‘linishi hamda aparteiddan voz kechish tamoyillariga asoslangan muvaqqat konstitutsiya qabul qilindi (1996-yilda yangi konstitutsiya qabul qilingan). XXI asr boshlaridan mamlakatda qashshoqlikka barham berish va iqtisodni liberallashtirish masalalariga alohida e’tibor berilmoqda.

📈 Iqtisodiyoti

JAR Afrika qit’asidagi iqtisodiy jihatdan eng taraqqiy etgan davlatlardan biridir. Iqtisodning asosi - tog‘-kon sanoati (platina, oltin, xrom ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi). Mashinasozlik, metallurgiya, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoatlari ham rivojlangan. Umumiy sanoat ishlab chiqarishi YIMning 40% ini tashkil etadi. Qishloq xo‘jaligida (YIMning 5% i) chorvachilik rivojlangan. Makkajo‘xori, bug‘doy, shakarqamish yetishtiriladi. Mamlakat oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘zi qoplaydi. Asosiy savdo sheriklari: Buyuk Britaniya, Italiya, Yaponiya, AQSh, Germaniya. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 20638 km, avtomobil yo‘llari - 188309 km (54013 km ga tosh yotqizilgan). Asosiy portlari: Durban, Keyptaun, Port-Elizabet.

Janubiy Afrika Respublikasi: ko'p so'raladigan savollar

Janubiy Afrika Respublikasining poytaxti qaysi shahar?

Janubiy Afrika Respublikasining poytaxti — Pretoriya.

Janubiy Afrika Respublikasi qayerda joylashgan?

Janubiy Afrika Respublikasi — Afrikadagi davlat. Afrikaning janubidagi davlat. Shimolda Botsvana (1840 km), Namibiya (855 km), Mozambik (491 km), Svazilend (130 km) va Zimbabve bilan chegaradosh. Mamlakat sharqida Lesoto qirolligi (909 km) joylashgan. G‘arbda Atlantika okeani, janub va sharqda Hind okeani bilan tutashgan.

Janubiy Afrika Respublikasida qancha aholi yashaydi?

Janubiy Afrika Respublikasi aholisi — 63 100 945 kishi (2014-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 44,2 kishi.

Janubiy Afrika Respublikasining rasmiy tili qaysi?

Janubiy Afrika Respublikasining rasmiy tili — ingliz, zulu, kosa, svazi, sesoto tillari.

Janubiy Afrika Respublikasining pul birligi qanday?

Janubiy Afrika Respublikasining pul birligi — Rend (ZAR).

Janubiy Afrika Respublikasi qachon mustaqil bo'lgan?

Janubiy Afrika Respublikasi 1961-yil 3-mayda mustaqillikka erishgan.