Zimbabve

Zimbabve Respublikasi

Zimbabve bayrog'i
📍
Poytaxt
Xarare
👥
Aholi
17 073 087
🗺️
Maydoni
390 757 km²
💰
Valyuta
Zimbabve dollari (ZWB)
Zimbabve bayrog'i
Zimbabve bayrog'i

Zimbabve haqida qisqacha

Zimbabve — Afrikadagi davlat. Poytaxti — Xarare. Aholisi — 17,1 mln kishi (2013-yil). Maydoni — 390 757 km². Pul birligi — Zimbabve dollari (ZWB). Rasmiy tili — ingliz tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Afrika qit’asining janubiy qismida joylashgan davlat. Mozambik bilan shimolda va sharqda (1231 km), shimolda Zambiya (794 km), janubda JAR (225 km), janubi g‘arbda va g‘arbda Botsvana bilan chegaradosh. Umumiy chegara uzunligi - 3066 km. Deyarli butun mamiakat hududini Matabele va Moshona yassitog‘liklari egallagan. Mamlakatning eng baland nuqtasi - Inyangani tog‘i (2595 m). Asosiy daryolari - Limpopo va Zambezi. Foydali qazilmalari: xrom, oltin, nikel, mis, temir rudasi, ko‘mir, vanadiy, litiy, qalay, asbest.

📖 Tarixi

XII-XVII asrlarda hozirgi Zimbabve hududida Monotapa davlati bo‘lgan. XIX asr oxirlarida mamlakatni Rodeziya deb atagan inglizlar paydo bo‘ladi. 1923-yilda Janubiy Rodeziya Britaniya mustamlakasiga aylantiriladi. 1953-yildan 1963-yilgacha Rodeziya va Nyasalend Federatsiyasi tarkibiga kiritiladi. 1979-yil Zimbabve (mamlakatning yangi nomi)da parlamentga saylovlar bo‘lib o‘tdi va afrikaliklar parlamentda ko‘pchilik o‘ringa ega boldilar. Lekin mam­lakatning to‘liq mustaqillikka erishishi uchun partizan urushi 1980-yil 17-aprelgacha davom etdi.

📈 Iqtisodiyoti

Zimbabve Afrika qit’asining iqtisodiy jihatdan birmuncha rivojlangan mamlakatlaridan biridir. Qishloq xo‘jaligi ham iqtisodning muhim tarmog‘idir. Asosiy savdo hamkorlari: Buyuk Britaniya, JAR, Germaniya. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 2745 km, avtomobil yo‘llari - 85237 km. Asosiy porti (daryo porti) - Kariba.

Zimbabve: ko'p so'raladigan savollar

Zimbabvening poytaxti qaysi shahar?

Zimbabvening poytaxti — Xarare.

Zimbabve qayerda joylashgan?

Zimbabve — Afrikadagi davlat. Afrika qit’asining janubiy qismida joylashgan davlat. Mozambik bilan shimolda va sharqda (1231 km), shimolda Zambiya (794 km), janubda JAR (225 km), janubi g‘arbda va g‘arbda Botsvana bilan chegaradosh. Umumiy chegara uzunligi - 3066 km.

Zimbabveda qancha aholi yashaydi?

Zimbabve aholisi — 17 073 087 kishi (2013-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 33,8 kishi.

Zimbabvening rasmiy tili qaysi?

Zimbabvening rasmiy tili — ingliz tili.

Zimbabvening pul birligi qanday?

Zimbabvening pul birligi — Zimbabve dollari (ZWB).

Zimbabve qachon mustaqil bo'lgan?

Zimbabve 1965-yil 11-noyabr Janubiy Rodeziya deb e’lon qilingan, 1980-yil 18-aprelda tan olinganda mustaqillikka erishgan.